Xabaringiz bor, voqea shu yilning 20 aprel kuni Tayson San-Franciskodan Floridaga uchayotganda ro’y bergan edi. Parvoz oldidan Mayk xohlovchilar bilan birga suratga tushgan, hech kimga bu borada rad javobini bermagandi. Faqat bir yo’lovchi bokschining asabini buzishga uringan, Mayk yaxshi gapirishiga qaramay, quyushqondan chiqqan edi. Natijada Tayson uning yuziga bir-ikki musht tushirishga majbur bo’lgandi.
“U shunchaki ustimdan kulishda davom etdi. Men u bilan bajonidil suratga tushishga ham rozi bo’ldim. Rafiqam har safar odatiy yo’lovchi parvozlarida uchmasligimni, yo’lovchilar bilan bu kabi noxush holatlar ro’y berishini aytib ogohlantiradi. Tan olaman, rafiqam bu borada haq va bundan keyin oddiy reyslarda parvoz qilmasligim kerak”, — deya Taysonning so’zlarini keltiradi TMZ.