Boks/MMA

Amerika Kikboksing Akademiyasi rahbari, Xabib Nurmagomedovning shaxsiy murabbiyi Xaver Mendes Xabib va Islam Maxachevni taqqosladi.

201

“Islamda dzyudodagi tashlash usullari, oyoq bilan harakat, chalish kabi o’zlashtirishlar Xabibda yaxshi shakllanmagan bo’lgan. Ha, unda ham bu usullar bo’lgan, lekin Islamdagi kabi mukammal emasdi. Bu borada Maxachevning saviyasi balandroq. Agar siz Islam bilan jang qilsangiz yoki mashg’ulotda to’qnash kelsangiz, o’zingizda samodagidek xis etasiz. 

Xabibda uslub boshqacharoq. U butun tanasi bilan barchasini nazorat qiladi. Uning qo’llari, oyoqlari va hatto barmoqlari sizni ushlab turadi. Islam raqib oldindan qanday harakat qilishini biladi. Raqibdan bir qadam oldinda harakat qilishi uning ustun jihati. Unda aqlga tayanib ish ko’rish kuchliroq. Xabib esa kuchiga ko’proq suyanadi. Tez portlab ketadi”, – dedi Mendes.

Fikr bildirish