Faqat bu yakun bitta jangdan so’ng amalga oshadi. Dias Dastin Porega qarshi kechadigan jangdan so’ng professional sportdagi faoliyatini to’xtatadi. Yuu haqida uning o’zi xabar berdi.
“Men hamon Dastin Pore bilan jang qilish istagidaman. Hozircha bu bo’yicha harakatlar muzlab qolgan. Porening jamoasi qandaydir tushunarsiz o’yinlarni o’ynayapti. Men hoziroq jang qilishga tayyorman. Nima bo’lyapti? Dana Uayt, kel, mening xayrlashuv jangimni tashkil qilamiz. SHundan so’ng men ketaman. Men barchasiga nuqta qo’ymoqchiman”, – deya TMZ kanaliga intervyu bergan Dias.