Boks/MMA

Ammo Lo’lilar qiroli ishonadiki, Uaylderda Klichkonikidan qattiqroq zarba yo’q.

144

Bizning vaqt bilan 10 oktabr tongida Deontey Uaylder uchinchi jangida Tayson Fyuriga qarshi ringga ko’tariladi. Agar biz jangdan oldingi barcha sxemalarni tahlil qilsak, u katta yordamchiga o’xshaydi. Texnika, jangovar intellekt, mahorat, oyoq harakati – bu ko’rsatkichlarning barchasida Tayson raqibidan ancha ustun. Deontey Uaylderda faqat bitta, ammo inkor etilmaydigan ustunlik bor – zarba. Va ikkala qo’lda ham. Kimdir uning texnikasini tegirmonga qiyoslab kuladi. Ammo bu raqamlar yolg’on emas – amerikalik og’ir vazn toifasida nokaut bo’yicha eng yuqori ko’rsatkichga ega. Bu faqat uchinchi jangni qiziqarli o’tishiga va tomosha qilishga majbur qiladi.

Uaylderning nafaqat o’ng qo’li bilan, balki chap qo’lidagi zarbasi ham kuchli. Zarba kuchi silomer(zarba kuchini o’lchovchi maxsus texnika)da 927 ballga ega bo’lgan.

Deontey Uaylderni bronza bombardimonchi deb bejiz aytishmagan. Uning zarbalari juda qo’rqinchli, garchi Deonteyning vazni kamdan-kam hollarda 100 kg dan oshsada. SHunga qaramay, bokschi o’zining ajoyib texnikasini tegirmonga o’xshatib, masxara qiladigan ko’plab tanqidchilarga ega. Misol uchun, ulardan biri Luis Ortis edi. U Deontey bilan ringda uchrashmagunicha, uni vahimali hujumchi deb atagan:

«Deontey Uaylderga qarasam, ishonchsiz va qo’rqqan jangchini ko’raman. U qandaydir histerik texnikaga ega va zarba o’tkazib yuborishdan juda qo’rqadi. Qachonki sen urishdan qo’rqsang, ertami-kechmi, zarba senga tegadi va o’rningdan turmaysan».

Ammo Lo'lilar qiroli ishonadiki, Uaylderda Klichkonikidan qattiqroq zarba yo'q.

Aslida, Ortis Uaylder bilan ikki marta jang qilgan va ikki marta nokaut evaziga yutqazgan. 2019 yil noyabr oyida Las-Vegasda bo’lgan revansh ayniqsa hayratlanarli bo’lib edi. Etti raund Deontey o’ziga o’xshamadi, Luisga yutqazayotgan edi. Keyinchalik malum bo’lishicha, bu pancherning rejasi edi: kerakli vaqtda qurolni ochish uchun raqibning hushyorligini yo’qotish. Bitta zarba va chiroqlarni o’chirib qo’yish. Bir yil oldin Uaylder taniqli hamkasblari SHon Porter, Abner Mares va Jarret Xerdlar bilan birgalikda Inside PBC Boxing teleko’rsatuviga tashrif buyurgan edi. Uni og’ir vazn toifasida jahon chempioni sifatida silomerda zarba kuchini sinab ko’rishni taklif qilishdi. Xerd o’ng qo’li bilan 935 ball to’pladi va Uaylder chapni sinab ko’rishga qaror qildi va 927 ball. Ajablantiradigan kuchni yig’ilgan hamkasblari ham nishonladilar. Masalan, yaqinda nafaqaga chiqqan Devid Xey, Uaylder jang qilishi kerak bo’lganlarga qaraganda eng kuchli zarbaga ega ekanligini aytdi:

«Uning zarba kuchi 10 dan 10 ga teng. Buni boshqa qanday tariflashni bilmayman. Siz buni faqat u sizni urganidagina tushunasiz. Bu boshqa bokschilardan juda farq qiladi. U men bilan ringda bo’lgan eng kuchli zarbaga ega bokschi».

Fyuri, Uaylder Vladimir Klichkodan qattiqroq zarba bermasligiga amin. Deontey g’azablandi, u Tayson haqida ataylab yolg’on gapirdi

Ammo Lo'lilar qiroli ishonadiki, Uaylderda Klichkonikidan qattiqroq zarba yo'q.

Uaylderning murabbiyi Malik Skottning aytishicha, u 2014 yilda bu zarba kuchini his qilib ko’rgan: «Deontey zarba kuchi bo’yicha birinchi 3 talikka kiradi. Mening ro’yxatimdagi boshqa ikkita bokschi – Lennoks Lyuis va Vladimir Klichko. Xo’sh, agar kimdir bir vaqtning o’zida shunday kuch va tezlik bilan ura olsa, bu – Deontey. Zarba kuchi boshqacha. Jorj Formanda shunday portlatuvchi zarba bor. Qattiq zarbalar bor va o’z yo’lida hamma narsani yo’q qiladigan yigitlar bor. Uaylderda shunday zarba mavjud».

Ammo Deonteyning zarbasini ortiqcha baholaganlar ham bor. Albatta, bularning asosiysi – Tayson Fyuri.

Ammo Lo'lilar qiroli ishonadiki, Uaylderda Klichkonikidan qattiqroq zarba yo'q.

«Men uni tarixdagi eng kuchli zarba egasi deb atashim mumkinligiga ishonchim komil emas, chunki men eng yaxshi zarba yo’llovchining hamma zarbalarini o’tkazib yubormaganman. Lekin bilasizmi, Deontey Vladimir Klichkodan qattiqroq zarba berganiga ishonmayman. Klichko nokautga uchradi va Uaylderga qaraganda ko’proq jang o’tkazdi.

Gap Deonteyning zarbasining kuchi haqida emas, balki uni tezlik bilan yo’llashida. Yuqori tezlik tufayli tasirni ko’rish qiyin. Va bazida eng yaxshi uradigan odamning zarbasini ko’rmay qolsangiz ham sizni uxlata olmaydi», – dedi Fyuri.

Taysonning so’zlarida aniq mantiq bor, lekin bunday izoh Uaylderni g’azablantirdi:

Ammo Lo'lilar qiroli ishonadiki, Uaylderda Klichkonikidan qattiqroq zarba yo'q.

«Fyurining aytgani yaxshi, lekin men Klichkoning hech bo’lmaganda Taysonga chayqatib yuboruvchi zarba berganini ko’rmaganman. SHuning uchun, biz uning yolg’on gapirayotganini bilamiz. Agar Klichko mendan ham qattiq urganida, ularning janglari paytida Fyuri jarohat olgan bo’lardi. Albatta, u bu holatda Germaniyada yutqazgan bo’lardi. Men uni qalqitib, yiqitib tashladim. Bundan tashqari, Fyuri ringga ikki marta yiqildi. Bilasizmi, u yolg’on gapiradi. Yuqorida aytganimdek, Taysonda musht o’rniga yostiq bor. SHuning uchun men uni itarib yuborishim va unga ko’proq bosim o’tkazishim mumkin edi. Hamma biladi, Fyuri kuchli zarba berishga qodir emas. Odamlar yolg’on gapirishlari mumkin, lekin raqamlar alday olmaydi. Siz o’zingiz ko’rasiz, mening ikki yoshli bolam Fyuridan ko’ra qattiqroq uradi».

Biroq, og’ir vazn toifasida WBC chempioni karerasida unutilmas lahzalar bor. Birinchi jangning 12-raundida eng og’ir nokdaun. Tayson o’tkazib yuborilgan zarbani falsafiy tarzda eslaydi:

Ammo Lo'lilar qiroli ishonadiki, Uaylderda Klichkonikidan qattiqroq zarba yo'q.

«Bu faqat og’ir vazn toifasida. Bir zarba hamma narsani o’zgartirishi mumkin. Men qarzimni to’ladim, hammasi shu. Men to’g’ri chiziqda ketdim, o’ngdagi zarbani o’tkazib yubordim – va chiroq o’chdi. Ammo, keyin men poldan turdim, kuldan feniks ko’tarilgani kabi ko’tarildim. Men Uaylderni chayqatib yubordim, jangni hujumda tugatdim. 12-raundda qanday turdim, bilmayman. Uaylder mening chayqalishimni aytdi. Balki shunday bo’lgandir. Eslolmayman».

Nima bo’lganda ham, Uaylderning nokautli zarbasi uchinchi jang o’tkazilishining yagona vositasi bo’lishi mumkin.

SARVINOZ RAXMONQULOVA tarjimasi

Fikr bildirish