Futbol

Ana xolos! Eron Jahon chempionatidan chetlashtirilishi mumkin

173

Eron 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatidan chetda qolishi mumkin. Bu haqda Eron futbol assosiasiyasi direktorlar kengashi a’zosi Mehrdod Seradski ma’lum qildi.

«Biz FIFA va Osiyo Futbol Konfederasiyasidan xavotirli xabarlarni eshityapmiz», — deb yozdi Mehrdod ijtimoiy tarmoqlarida.

Eronning JCH-2022dan chetlatilishiga kecha, 29 mart kuni abonementi bor 2000 nafar ayolning Livanga (2:0) qarshi jahon chempionati saralashi doirasidagi so‘nggi o‘yiniga tashrif buyurishlariga ruxsat berilmagani sabab bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Eron 2020 yil yanvar oyida FIFA tahdidlari tufayli ayollarga futbol o‘yinlariga tashrif buyurishga ruxsat bergan edi. Tashkilot ayollarga nisbatan ta’qiq qo‘yganligi sababli Eron terma jamoasini xalqaro musobaqalarda ishtirok etishdan chetlashtirishi mumkinligi xabar qilingandi.

Kecha sodir bo‘lgan voqea Eronni JCH-2022 ishtirokchilaridan chetlashtirishgacha FIFA tomonidan qattiq sanksiyalar bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Italiya OAVlari 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabriga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida Italiya terma jamoasi Eron o‘rnini bosishi mumkinligi haqida xabar berdi.

Fikr bildirish