Tennis

Anjelik Kerber Strasburgda 1/2 finalga chiqdi

373

Dunyoning 22-raketkasi bo’lib turgan Anjelik Kerber musobaqaning yarim final ishtirokchisiga aylandi. Germaniyalik tennischi chorak finalda WTA reytingining 56-pog’onasidan joy olib turgan polshalik Magda Linettni uch set natijasiga ko’ra taslim etdi – 6/2, 4/6, 6/4.

Ikki soatu 13 daqiqa davom etgan bahsda 34 yoshli Kerber 1 ta eys, 6 ta qo’shxato va 4 ta breyk-poynt, 30 yashar Linett esa 4 ta eys, 4 ta qo’shxato hamda 2 ta breykni amalga oshirgan. Bu tennischilarning o’zaro o’tkazgan ilk uchrashuvi edi. 

Fikr bildirish