Tennis

Aralash juftlikda Tokio-2020 chempionlari malum + FOTO

358

Olimpiada oltin medallari rossiyalik tennischilar – Anastasiya Pavlyuchenkova va Andrey Rublyovga nasib etdi. Ular hal qiluvchi final uchrashuvida hamyurtlari Elena Vesnina hamda Aslan Karacev juftligini mag’lub etishdi – 6/3, 6/7(5), 13:11.

Sof ruscha final 1 soatu 53 daqiqa davom etdi. Tokio-2020 Olimpiadasining bronza medallari avstraliyalik tennischilar – Eshli Barti va Jon Pirsga nasib etdi. Ular Novak Jokovichning kortga chiqishdan bosh tortgani uchun kurashsiz bronza medallariga ega chiqishdi.

Malumot uchun, bu Elena Vesnina uchun ikkinchi Olimpiada oltin medali. U Rio-2016 Olimpiadasining juftliklar bahslarida ham chempionlik shohsupasiga ko’tarilgan edi. 

Fikr bildirish