Jumladan, dunyoning 13-raketkasi, argentinalik Diego SHvarcman ikkinchi davra uchrashuvida ATP reytingida 175-pog’onadan joy olgan avstraliyalik Kristofer O’Konnelga 6/7(6), 4/6, 4/6 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini erta yakunladi.
Uch soatu 7 daqiqa davom etgan bahsda 29 yoshli SHvarcman 5 ta, 27 yashar mezbonlar vakili esa 7 ta eys zarbasini ijro etgan. Bu tennischilarning o’zaro o’tkazgan ilk uchrashuvi edi. O’Konnelning keyingi raqibi amerikalik Maksim Kressi bo’ladi. U chexiyalik Tomash Maxachdan ustun keldi – 6/1, 3/6, 6/1, 7/6(5).