Futbol

Avvalroq qura 10 fevral kuni bo’lib o’tishi malum qilingandi.

174



Avvalroq qura 10 fevral kuni bo'lib o'tishi malum qilingandi.

Superligaga 11 fevral kuni jonli efirda qura tashlanadi

Teglar : 
O’zbekiston SuperligasiO’zPFL
Avvalroq qura 10 fevral kuni bo’lib o’tishi malum qilingandi.

Ammo malum sabablar tufayli O’zPFL jarayonni 1 kunga kechiktirdi. 

Bungacha qura jarayoniga barcha klub vakillari taklif etib kelinayotgandi. Ammo hozirda Superliganing qator klublari xorij yig’inida bo’lib turibdi. Yanvar oyida futbolchilari asosan terma jamoalar bilan birga bo’ldi. Mavsumga oz qolayotganidan kelib chiqib, O’zPFL klublarning tayyorgarlik jarayoniga bevosita tasir o’tkazishni istamadi. 

SHuningdek, joriy mavsumdan boshlab futbol klublarining o’z yillik smetasini O’FA bilan kelishishi amaliyoti yo’lga qo’yildi. Unga qadar esa klublar o’z futbolchilarini O’zPFL ro’yxatidan o’tkaza olmaydi. Buning natijasida futbol klublari o’tgan yilning 6 dekabr sanasidan boshlab ochiq turgan transfer oynasi davomida roppa-rosa ikki oy yo’qotishlariga to’g’ri keldi. Oldindagi 18 kun davomida ular barcha masalaga ulgurishlari talab etiladi. 

SHularni inobatga olib, Superliga qura marosimi “Sport” telekanali studiyasi orqali jonli efirga olib chiqiladi. Qura haqqoniy o’tayotganini nazorat qilish uchun unga klublarning Toshkentda bo’lib turgan bir qator vakillari ham taklif etiladi. 

Xabaringiz bor, ayni kunlarda “Sport” Xitoyda davom etayotgan qishki Olimpiada o’yinlarini namoyish qilyapti. Yuqoridagi holatlar sabab telekanal va O’zPFL kelishib, qura marosimini 1 kun keyin 21:30 da efirga olib chiqishga qaror qildi. 

Fikr bildirish