Boks/MMA

Aynan Kristofer Irlandiyada viskiga bo’lgan muhabbatni kuchaytirgan.

194

Konor Makgregor – aralash yakkakurashlar dunyosining asosiy yulduzi. Uning Instagramida 40 million obunachisi bor, uning hisobida yuz millionlar va irlandiyalikni har kuni boyitadigan ko’plab korxonalar mavjud. Mart oyida u Proper Twelve brendining akciyalarini sotdi (Konordan olingan o’sha viski) va 100 million dollardan ko’proq pul ishladi.

Ammo Makgregor o’z o’tmishini unutmaydi: u bir paytlar oddiy santexnik bo’lib ishlagan va chempion bo’lishni orzu qilgan oddiy Dublin yigiti edi. U o’z boyligini oilasi bilan baham ko’radi, lekin boshqa bir qarindoshini – marhum bobosi Kristoferni yaxshi eslaydi. CHol viskini yaxshi ko’rardi va Konorga milliy ichimlikka bo’lgan muhabbatini etkazdi. Kristofer nabirasi o’n yoshda ekanligida vafot etdi va butun faoliyati davomida Makgregor o’z sumkasida uning bosh kiyimini olib yurdi. Bu Konor uchun ramzga aylandi: u irlandiyalikka o’tmishini va u nima uchun kurashayotganini eslatadi.

Makgregor yaqinlarini eslaydi: u ota-onasining pullari bilan uxlab qoladi va bolaligidagi Irlandiyani iliq xotirlaydi

Makgregor Dublinda, Krumlinda tug’ilgan. U ishchi oilasida tarbiya topgan: otasi uzoq vaqt taksi haydovchisi, keyin esa chilangar bo’lib ishlagan. Toni o’g’lini uning izidan yurishini xohlar edi, ammo onasi Konorni qo’llab-quvvatladi – u yolg’iz o’g’lini sevgan ishi bilan shug’ullanishini istadi.

Aynan Kristofer Irlandiyada viskiga bo'lgan muhabbatni kuchaytirgan.

12 yoshida Makgregor birinchi bo’lib tug’ilgan joyi Krumlinda boks zaliga kirdi va o’zini qanday tutishni bilmadi.

“Konor iflos botinkada keldi, u ko’chada futbol o’ynadi. U sumkani tepishni boshladi va biz unga oyoq kiyimlarini echishni buyurdik. U itoat etdi, bir necha bor urdi va qanday qilib bizga qo’shilish mumkinligini so’radi”, – deb xotirlaydi Makgregorning boks bo’yicha birinchi murabbiyi Fil Satkliff. Konor etti yil Krumlinda boks bilan shug’ullangan va hali ham o’zi ulg’aygan joyni unutmagan.

“Bu ajoyib joy, yaxshi, mehnatsevar odamlarga to’la. Ammo bu erda yashash qiyin. Agar siz Krumlinlik bolakay bo’lsangiz, unda siz doimiy ravishda jang qilasiz, bu o’sib-ulg’ayishning bir qismi”, – deb eslaydi Konor. Makgregor millionerga aylandi, ammo u onasining o’g’li bo’lib qoldi. O’g’lining injiqliklariga chidagan va uning muvaffaqiyatiga ishongan jangchining onasi Margaret shunday deydi. Va Konor uning umidlarini oqladi: endi u ota-onasiga qimmatbaho turar-joy, hashamatli mashinalarni sotib oladi va ularning har qanday istaklariga katta mablag’ sarflaydi.

Aynan Kristofer Irlandiyada viskiga bo'lgan muhabbatni kuchaytirgan.

“Onam mening sportdagi faoliyatimda muhim rol o’ynadi. Qiyin vaqt kelib, nima qilishimni bilmay, sportni tark etish haqida o’ylardim, u murabbiyim bilan gaplashdi. U bizning uyimizga kelib, mashg’ulotni davom ettirishimga ishontirdi. SHuning uchun men uni har kuni minnatdorchilik bilan eslayman”, – deydi Makgregor. Ammo Konor, ayniqsa, bobosi – Kristofer ismli viskining ashaddiy muxlisi haqida juda tasirli gapiradi. Aynan u chempionda alkogolga bo’lgan ishtiyoqni uyg’otgan: u yoshligidan Konorda viskiga bo’lgan muhabbatni kuchaytirgan va uni ishlab chiqarish ananalari bilan tanishtirgan. Kelajakda bu Makregorning eng daromadli biznesiga aylandi – Proper Twelve viski. Konor bobosiga minnatdorchilik bildiradi va o’z mahsulotini sinab ko’rmaganidan afsuslanadi:

“Bu viski emas – bu suyuq oltin. Men butun hayotimni Kristoferning bobosi rahbarligida hunarmandchilikni o’rganishga sarfladim. Endi u menga osmondan kuzatadi va bu viski bilan faxrlanadi. U shu erda bo’lsa va odamlarning fikrlarini tinglasa edi. U viskini nonushta qilishdan ko’ra ko’proq yaxshi ko’rardi. Ishonchim komilki, u mening ijodimni yoqtirib qolardi”.

Faoliyati davomida Makregor sumkasida bobosining bosh kiyimini olib yurgan – uni o’g’rilar  o’g’irlashgan, ammo jangchi aynan uning nusxasini topgan

Kristofer vafot etganida, Makgregor hali ham bola edi. U bobosining uyiga kelib, shkafdan ko’plab bosh kiyimlarni topdi. Konor ulardan birini olib, mashg’ulotga olib boradigan sport sumkasining pastki qismiga qo’ydi. Va bu ananaga aylandi – Konor qanday sumkani ishlatmasin, u erdan Kristoferning bosh kiyimiga joy topilardi.

Aynan Kristofer Irlandiyada viskiga bo'lgan muhabbatni kuchaytirgan.

“Men jang sanatlari bilan shug’ullanganimdan beri bobomning bosh kiyimi men bilan. U vafot etdi va ko’p narsalarni tark etdi. U doimo kiyib yuradigan narsalardan biri bu bosh kiyim edi. Bu menda 10 yildan ortiq vaqtdan beri bor deb aytsam adashmagan bo’laman. U mening har bir sumkamda edi. Men yangi sumka sotib olishim bilan bosh kiyimni o’sha sumka ichiga solib qo’yaman. Bazan sumkada uning borligini unutib qo’yaman, lekin so’nggi 10 yil ichida u mening har bir sumkamda bo’lgan”, – dedi Makgregor 2017 yilda. Konor yulduzga aylanganda ham, ananasiga xiyonat qilmadi va bobosining kepkasini olib yurdi – o’g’rilar sumkani o’g’irlamaguncha. Homiylar zararni qoplashdi va Konorga o’sha modelni taqdim etishdi va u uni birga olib yurishda davom etdi.

Bu yakshanba kuni Dastin Porega qarshi jang oldidan bobosining kepkasi Konorning sumkasida bo’ladimi-yo’qmi nomalum. Uzoq vaqt davomida bu jangchining o’z oilasiga va Irlandiya xotirasiga sodiqligining ramzi bo’lib xizmat qilgan. Makgregor o’z vatani Dublin abadiy uning vatani bo’lib qolishini bir necha bor takidlagan. 2019 yilda u erda uysizlar uchun uylar qurdi va shu bahorda u moda uyiga aylantirmoqchi bo’lgan eski pabni sotib oldi.

Sarvinoz RAXMONQULOVA tarjimasi

Fikr bildirish