Futbol

Ayni pallada Superliganing barcha klublari yangi mavsumga ishlab chiqqan reja asosida tayyorgarlik ko’rishmoqda.

334



Ayni pallada Superliganing barcha klublari yangi mavsumga ishlab chiqqan reja asosida tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Serbiya, Ispaniya, Ruminiya. Tanishing – Superligada ishlaydigan xorijlik murabbiylar

Teglar : 
Nikola LazarevichLuisma ErnandesPredrag RoganSlavche Voyneski
Ayni pallada Superliganing barcha klublari yangi mavsumga ishlab chiqqan reja asosida tayyorgarlik ko’rishmoqda.

Fikrimizcha, klublarning rahbarlari bu mavsumda jamoada kim bosh murabbiy bo’lishi bo’yicha yakuniy qarorga kelib bo’lishdi. Ular orasida bizga tanish va notanish bo’lgan xorijlik mutaxassislar haqida malumot berishni lozim topdik. Qiziq bu yil xorijlik murabbiylar raqobati qanday kecharkin?

Slavche Voyneski (SHimoliy Makedoniya, "Paxtakor") – Toshkentning "Paxtakor" jamoasi 2022 yilda niderlandiyalik Piter Xyuistra bilan hamkorlikni davom ettirishi kutilgandi. Ammo kutilmaganda klub ushbu mutaxassis bilan birga ishlamaydigan bo’ldi va o’rniga SHimoliy Makedoniyadan yangi murabbiy topdi – Slavche Voyneski. Mazkur murabbiy o’z mamlakatining  turli toifadagi yoshlar terma jamoalarida uzoq muddatli faoliyati orqali tanilgan. 1999-2004 yillar oralig’ida o’smirlar va yoshlar terma jamoalarida ishlagan. 2004-09 yillarda esa milliy terma jamoada yordamchi murabbiy sifatida mehnat qilgan. Asosan Srechko Katanec va Drago Kanatlarovskiga yordam bergan. Keyingi faoliyatini Turkiya bilan bog’lagan Voyneski "Elazigspor", "Genchlerbirligi", "Gaziantepspor" va "Rizespor" klublari murabbiylar shtabida faoliyat olib bordi. 2019 yil Slovakiyaning "Sered" klubida bosh murabbiy sifatida ishlagan. Bugunga kelib "Paxtakor"ning yoshlarga ko’proq ishonch bildirishidan kelib chiqsak qaysidir manoda Voyneski nomzodi to’g’ri tanlandi. Lekin futbolda natija yodda qoladi, uning fonida boshqa narsalar yo’qqa chiqadi. U qanchalik natija ko’rsata oladi? Buni mavsum davomida bilib olamiz. 

Ayni pallada Superliganing barcha klublari yangi mavsumga ishlab chiqqan reja asosida tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Nikola Lazarevich (Serbiya, "Qizilqum") – Bir necha yillardan beri "Qizilqum"da bosh murabbiy sifatida faoliyat ko’rsatib kelgan Hamidjon Aktamov endilikda klub bosh direktori lavozimida mehnat qilishda davom etadi. Murabbiylik postiga esa tajribali serbiyalik murabbiy Nikola Lazarevich jalb qilindi. UEFA Pro licenziyasiga ega mutaxassis bunga qadar Tojikistonda ko’p yillar davomida terma jamoa va klublarda ishladi. Uning so’nggi ish joyi Saudiya Arabistoning "Al Tavun" klubi bo’ldi. 

Ayni pallada Superliganing barcha klublari yangi mavsumga ishlab chiqqan reja asosida tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Luisma Ernandes (Ispaniya, "Metallurg") – O’tgan mavsum 3ta tur qolganda bekobodliklar murabbiyiga aylangan ispaniyalik Luisma Ernandes kerakli ochkolarni to’plab jamoani Superligada olib qolishni uddasidan chiqdi. Bundan qoniqish hosil qilgan "Metallurg" mutasaddilari 2022 yilda ham unga ishonch bildirishni lozim topdi. Luisma Ernandes yurtimizga kelishidan avval Janubiy Koreyaning "Tegu", Quvaytning "Al Yarmuk" klublarida faoliyat olib borgan. Hozirda "Metallurg"ni yangi mavsumga uning o’zi tayyorlamoqda. 

Ayni pallada Superliganing barcha klublari yangi mavsumga ishlab chiqqan reja asosida tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Xordi Fabregat (Ispaniya, "Surxon") – 2021 yilgi mavsumning so’nggi pallasiga kelib elitada qolish masalasini ijobiy hal qilgan termizliklar yangi mavsumga katta o’zgarishlar bilan hozirlikni boshladi. "Surxon"ni bu yil ispaniyalik murabbiy Xordi Fabregat boshqaradi. Fabregat bunga qadar "Tortosa", "Mar Menor", "Portuense", "Amposta", "Arandina" va so’nggi bor "Ordino" klubida  ishlagan. Aynan "Ordino" uning oxirgi klubi hisoblanadi. 

Ayni pallada Superliganing barcha klublari yangi mavsumga ishlab chiqqan reja asosida tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Predrag Rogan (Serbiya, "Dinamo") – Samarqandning "Dinamo" jamoasi tojikistonlik murabbiy Hakim Fuzaylov boshchiligida Superligaga yo’llanmani qo’lga kiritdi. Klub Hakim Qayumovichga minnatdorchilik bildirib jamoaga serbiyadan ikki nafar murabbiyni taklif qildi. Predra Rogan va Ivan Yevich birgalikda "Dinamo"ni Superligada boshqarishadi. Bevosita muxlislar uchun notanish bo’lgan Predrag Rogan haqida to’xtalsak. "Vojdovac", "Napredak", "Spartak Subotica", "Bachka-Topola", "Zemun", "Machva" (Serbiya), "Uypesht" (Vengriya) kabi jamoalarda bosh murabbiylik qilgan. Lazarevich singari Rogan ham UEFA Pro licenziyasi egasi sanaladi. Ishlagan jamoalarida 4-1-4-1 taktik sxemalaridan foydalangan. 

Ayni pallada Superliganing barcha klublari yangi mavsumga ishlab chiqqan reja asosida tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Yuqorida faqat bosh murabbiylar borasida fikrlar yuritildi. Ulardan tashqari ruminiyalik Augustin CHirica "Bunyodkor"da SHuhrat Maqsudovga, serbiyalik Aleksandr Stoymirovich "Navbahor"da Samvel Babayanga jismoniy tayyorgarlik bo’yicha ko’maklashishadi.

Ayni pallada Superliganing barcha klublari yangi mavsumga ishlab chiqqan reja asosida tayyorgarlik ko'rishmoqda. 
			Muallif : Iskandarov Abdulaziz

Fikr bildirish