Jurnalist Jerar Romaro tvitterdagi sahifasida “Barselona” rahbariyati “Yuventus” himoyachisi Matteys de Ligtni sotib olishga harakat qilib ko‘radi. Xaridni amalga oshirish uchun Filippe Koutinyo va Samuel Umtitini sotish niyatida ekanini ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, kataloniyaliklar qishki transfer oynasida barcha kelishuvlarni amalga oshirish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Koutinyo 12 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan bo‘lsa, Umtiti atigi 1 ta uchrashuv o‘tkazgan.