Ispaniyaning “Barselona” klubi “Liverpul” hujumchisi Roberto Firmino bilan shartnoma imzolash variantini ko‘rib chiqmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, ingliz klubi braziliyalik futbolchini 20 million yevroga sotishga tayyor, deb xabar beradi “El Nacional”.
30 yoshli Firmino 2015 yilning yozida “Xoffenxaym”dan 41 million yevro evaziga “Liverpul”ga kelib qo‘shilgan edi. Hujumchi joriy mavsumda APLning 11ta o‘yinida maydonga tushib, 4ta gol urdi va 2ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u Chempionlar ligasi guruh bosqichining uchta o‘yinida ikkita gol urdi.
Firminoning shartnomasi 2023 yilda tugaydi, Transfermarkt braziliyalik futbolchini 38 million yevroga baholagan.