Futbol

«Barselona» futbolchisi: «Men tezroq jamoadan ketishni istayman»

157

«Barselona» himoyachisi Klemen Lengle «Barselona»ni tark etib, jahon chempionati oldidan ko‘proq o‘yin amaliyoti beradigan klubga o‘tmoqchi.

Xavi Kataloniya klubi boshqaruviga kelguniga qadar Lengle asosiy tarkib futbolchisi edi. Shundan so‘ng himoyachi asosiy tarkibga tushish foizi kamayib ketdi. Ushbu mavsumda futbolchi La Ligada 13 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt xabariga ko‘ra, futbolchining transfer narxi 14 million yevroni tashkil qiladi. Himoyachining «Barselona» bilan shartnomasi 2026 yilda yakuniga yetadi.

Oldinroq futbolchining xizmatlariga «Sevilya» qiziqayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi, biroq bosh murabbiy Xulen Lopetegi futbolchining transferiga «zapret» qo‘ygandi.

Fikr bildirish