«Barselona» yozda katta o‘zgarishlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
«Diario Sport» nashri xabariga ko‘ra, mavsum oxirigacha klub rahbariyati va murabbiylar shtabi har bir futbolchining o‘yinini kuzatib boradi. Agar o‘yin darajasi talabdan past bo‘lsa, yozda «Barsa» shunday futbolchilar bilan xayrlashadi.
Futbolchilar mavsum yakunida klub qanday choralar ko‘rishi mumkinligi haqida ogohlantirildi. Agar ular «Barsa»da qolishni istasa, Chempionlar ligasi doirasida «Bavariya»ga qarshi o‘yindagidan (0:3) yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.