Futbol

«Barselona» «Real»ni dog‘da qoldirmoqchi

249

«Barselona» prezidenti Joan Laporta kataloniyaliklar ushbu mavsumda La Ligada chempionlik uchun kurash olib borishiga ishonmoqda.

«Ishonchim komilki, biz chempion bo‘la olamiz. Biz mavsumniyaxshi kayfiyatda yakunay olishimizga ishonchim komil. Buni oddiy dalillar bilan isbotlashim mumkin: hozir bizda juda kuchli jamoa bor, klub to‘liq kuch bilan o‘ynay boshladi, bizda aniq g‘oyalarga ega va o‘zimizning haqiqiy futbol uslubimizni o‘ynataigan murabbiy bor, biz qadriyatlarimizni tikladik.

Bu oson bo‘lmaydi, lekin buni amalga oshirish mumkin. Lekin La Ligada g‘alaba qozonish uchun har o‘yindan keyin g‘alaba qozonishimiz kerak», – deya Laportaning so‘zlarini keltiradi AS.

Kataloniyaliklar ayni paytda 54 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘rinda ketmoqda, peshqadam «Real»da esa 69 ochko bor.

Fikr bildirish