Bosh sahifaBoks/MMABeshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni, afsonaviy Floyd Meyvezer hamda uning hamyurti Don Mur o’rtasidagi jangning sanasi uchinchi marotaba o’zgartirildi.
Beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni, afsonaviy Floyd Meyvezer hamda uning hamyurti Don Mur o’rtasidagi jangning sanasi uchinchi marotaba o’zgartirildi.
Ushbu ko’rgazmali xarakterga ega jang aslida 14 may kuni Dubay shahrida o’tkazilishi kerak edi. Ammo, BAA prezidenti SHayx Xalifa bin Zaydning vafoti sabab jang kechroq muddatga qoldirilgan va aynan bugun o’tkazilishi belgilangandi.
Afsuski, tashkilotchilar Meyvezer – Mur jangini 21 oktyabrga qoldirishga qaror qilishdi. Bunga BAAning motam holatida ekani sabab sifatida ko’rsatilgan.
Malumot uchun, Floyd Meyvezer ushbu jangdan kafolatlangan 10 million dollar gonorar oladi. SHuningdek, pullik translyaciyalar sotuvidan tushadigan 50% ulush ham Floydga taqdim etiladi.