“YUEfSi Apeks” stadioni mezbonlik qilgan UFC Fight Night 205 (Vegas 52) turnirining markaziy jangi ayollar yarimo’rta vazn toifasida o’tkazildi. Unda ikki braziliyalik jangchilar – 34 yoshli Amanda Lemos hamda 30 yoshli Jessika Andrade bir-birlariga qarshi oktagonga ko’tarilishdi.
Jang muddatidan avval yakunlandi. Andrade birinchi raundning o’zida raqibasini texnik nokaut evaziga mag’lubiyatga uchratdi. Bu Andradening faoliyatidagi 23-g’alabasi bo’ldi. Uning hisobida 9 mag’lubiyat ham bor. Ayni paytda reytingida 2-o’rinni egallab turibdi. Andrade vazn chempioni Valentina SHevchenkoga yutqazganidan so’ng, o’tgan yilning sentyabr oyida Sintiya Kalviloni birinchi raundda nokautga uchratgan edi.
Amanda Lemos esa bugun faoliyatidagi ikkinchi mag’lubiyatini qabul qilib oldi. Reytingda 9-pog’onani band etgan. Bu vaznga o’tguniga qadar beshta jangda ketma-ket raqibalarini nokautga uchratib kelayotgandi.