Premier Boxing Champions oqshomining markaziy jangi yarim o’rta vazn ( 66,678 kg) toifasida o’tkazilib, birlashtiruvchi chempionlik jangi maqomida bo’ldi. WBC va IBF yo’nalishlari chempioni, amerikalik Errol Spens (28-0, 22 KO) kubalik WBA Super kamari sohibi Yordenis Ugas (27-5, 12 KO)ga qarshi ringga ko’tarildi.
O’n ikki raundga mo’ljallangan jang muddatidan avval yakunlandi. Errol Spens 10-raundda raqibini texnik nokautga uchratib, chempionlik kamarlarini uchtaga etkazib oldi. O’sha vaziyatga kelib, Ugasning o’ng ko’zi ko’rmay qolgandi. SHifokor jarohatni ko’zdan kechirib, referi Lourens Koulga jangni to’xtatish haqida tavsiya berdi.
SHu tariqa, 32 yoshli Spens o’z vazn toifasidagi uchta kamarni o’z qo’lida birlashtirdi. U bugun 2017 yildan beri o’zida saqlab kelayotgan IBF kamarini oltinchi, 2019 yilda ega chiqqan WBC kamarini ikkinchi bor himoya qildi.
Errol mag’lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan kam sonli chempionlardan biri bo’lib qolmoqda. Amerikalik charm qo’lqop ustasi 28 ta jangda g’alaba qozongan, hisobida 22 ta nokaut bor.
Malumot uchun, jang to’xtatilguniga qadar Spens 88:82, 88:82, 88:83 hisoblarida g’alaba qozonayotgan edi.