Boks/MMA

Boks bo’yicha Osiyo chempionligini qo’lga kiritgan G’ijduvon To’marisi – Uzukjamol Yunusovani taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

204

Bu haqida G’ijduvon hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Iordaniyaning Amman shahrida o’smir qizlar o’rtasidagi Osiyo chempionatining oltin medalini qo’lga kiritgan g’ijduvonlik 15 yoshli Uzukjamol Yunusovaga ajoyib sovg’a tuhfa qilindi.

G’ijduvon tumanida katta tantanalar ostida chempionni kutib olish hamda taqdirlash marosimi tashkillashtirildi.

Tadbirda Buxoro viloyati hokimining sovg’asini tuman hokimi SHerzod Ashurov topshirdi. CHempionga 2 xonali uy hamda qimmatbaho sovg’alar berildi. SHuningdek, Uzukjamol Yunusovaning boks bo’yicha murabbiyi Farrux Jo’raev ham esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.

Boks bo'yicha Osiyo chempionligini qo'lga kiritgan G'ijduvon To'marisi - Uzukjamol Yunusovani taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
«Farzandni ko’kdan erga tushiradigan ota bo’lsa, erdan ko’kka ko’taradigan uning ustozi, shunday ekan faqatgina ustoz tufayli, eng yaxshi ustoz tufayli dunyolarni zabt etishingiz mumkin. Bu hali boshlanishi, hali katta-katta marralar bizni kutyapti», – dedi tuman hokimi SHerzod Ashurov.

Fikr bildirish