Inglvuddagi “Forum Stadium”da o’tgan boks oqshomining qiziqarli janglaridan biri birinchi o’rta vazn (69,9 kg) toifasida kechdi. Unda afsonaviy Evander Xolifildning o’g’li Evan Xolifild (9-1, 6-0 KO) vatandoshi Jermeyn Makdonald (7-5, 3 KO)ga qarshi ringga ko’tarildi.
Jang kutilmaganda ikkinchi raundda kichik Xolifildning nokauti bilan yakunlandi. Makdonald o’ng qo’l xuk zarbasi bilan Evanni chuqur nokautga uchratdi. Xolifild referining to’qqizgacha sanaguniga qadar turishga ulgurdi, ammo hakam jangni davom ettirmaslikka qaror qildi.
SHu tariqa, Evan Xolifild faoliyatidagi ilk mag’lubiyatini qabul qilib oldi. SHu kungacha u 8 ta jangning barchasi g’alaba qozongan edi.