Futbol

Bugun Championat.asia’da bir maqola elon qilindi.

387



Bugun Championat.asia’da bir maqola elon qilindi.

Futboldagi buyuklik

Teglar : 
Krishtianu Ronaldu JCH-2022IMHO Lionel Messi
Bugun Championat.asia’da bir maqola elon qilindi.

Unda dushanba kuni FIFA tomonidan o’tkaziladigan 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotini kim olishi haqidagi mulohozalar bayon qilingan. 17 yanvardagi mazkur marosimda kim bu mukofotni olishi-yu, kim o’tgan yilning eng yaxshisi bo’lganligi shaxsan menga qiziq emas. Men bir boshqa narsadan – 2022 yil Messi va Ronaldu erasi uchun so’nggisi bo’lish ehtimoli ko’pligidan va yana bir ikki buyuk qarama-qarshiligi yakunlanishidan afsusdaman.

Bugun Championat.asia’da bir maqola elon qilindi.

Aytishingiz mumkin, «2018 yili Ronaldu «Yuventus»ga yoki 2021 yili Messi PSJga o’tganidayoq bu era tugab bo’lgan», deya. Ha, sizning ham fikrlaringizda jon bor. Lekin ularni shu davr ichida bog’lab tura olgan yagona narsa bu terma jamoalardagi natijalar edi. Krishtianu 2016 yilda terma jamoasi bilan Evropa chempionatini yutganidan keyin ko’pchilikning etibori Messiga qaratildi. 

Bugun Championat.asia’da bir maqola elon qilindi.

Ko’pchilik undan o’z termasi bilan biror sovrin yutib, keyin terma jamoadagi faoliyatini yakunlashini kutdi. Bu voqea esa 5 yil o’tib – 2021 yilda amalga oshdi. Albatta, deyarli har yili o’tkazilayotgan Amerika kubogi musobaqasida Argentina chempion bo’la olmasligi (tag’in Braziliya, Urugvay, CHili, Kolumbiya va ora-sirada zo’r o’yin ko’rsatib qo’yadigan Paragvay kuchsizlanib qolgan bir vaqtda) uyat edi.

Bugun Championat.asia’da bir maqola elon qilindi.

2022 yil kirib keldi, bu yil – futbol ahli uchun 4 yillikdagi katta bayram – Jahon chempionati o’tkazilishi rejalashtirilgan (tinchlik bo’lsin, hech kim kasal bo’lmasin!). Noyabr–dekabr oylarida bo’ladigan JCH–2022 dan bir ilinj bor muxlislarda – Portugaliya yoki Argentina champion bo’lishi. Ehtimol, bu imkonsiz, umuman sodir bo’lmaydigan, absurd bir voqelikdir. Ammo, umidlar intixoda o’ladi. Ikkisidan biri yutib ketsa “qaysi bir zo’r?”, degan savolga ehtimol javob topilar, bunday voqea bo’lmasa ham hech narsa o’zgarmaydi. 

Biz futbol qiroli deb biladigan Pele ham, uning zamondoshi bo’lmagan, lekin qirollikka davo qiluvchi Maradona ham Jahon chempioni bo’lgan. Messi va Ronaldudek ikki buyukning biri bu sovrinni olsa ikkinchisiga nisbatan adolatsizlik bo’lar, ikkisi ham olmasa bir kemtik shu qoladi.

Bugun Championat.asia’da bir maqola elon qilindi.

Doim o’ylardim avval, nega buyuk futbolchilar futboli rivojlanib ketgan mamlakatlarda tug’ilmasligi haqida. Germaniya, Franciya, Ispaniya kabi mamlakatlardan har yili yuzlab iqtidorlar chiqadi, ular yulduz darajasiga ko’tariladi. Lekin ayrim futbolchilar o’z mamlakat terma jamoasining yagona yulduzi bo’ladi. Ibragimovich, Obameyang, Eto’O… Ular kichkina bir shaharchadan chiqib, katta shaharlarda o’zini ko’rsata olgani, ular haqida men – o’zbekistonlik insonlar ham bilib, maqola yozayotgani ham buyuklikdir. SHular orasidan yoshligida oilasi sutga pul topa olmagani, mashg’ulotga bir necha kilometr davomida piyoda borib kelganlari – bularning barchasini engib o’tishgani buyuklik. Nafaqat futbolchilar, boshqa sportchilar va o’zi umuman barcha buyuklarning taqdiri shunday bo’lgan.

Bugun Championat.asia’da bir maqola elon qilindi.

Aytmoqchi bo’lganim, qandaydir sovrin bilan yoki faoliyatdagi gollar bilan buyuklik o’lchanmaydi. Og’ir sharoit, qiyinchilik ila erishilgan cho’qqi chinakam buyuklikdir. Futbolda bu kabi insonlar ko’p. SHuning uchun ham futbol millionlar o’yini.

Albatta, bularning barchasi IMHO

Bugun Championat.asia’da bir maqola elon qilindi.
			Muallif : Og’abek Samisov

Fikr bildirish