Musobaqaning 1-turidan quyidagi bahslar o’rin olgan:
21.08.2021
"Verona" — "Sassuolo"
"Inter" — "Jenoa"
"Empoli" — "Lacio"
"Torino" — "Atalanta"
22.08.2021
"Bolonya" — "Salernitana"
"Udineze" — "Yuventus"
"Roma" — "Fiorentina"
"Napoli" — "Veneciya"
23.08.2021
"Kalyari" — "Speciya"
"Sampdoriya" — "Milan"
Bir zamonlar "kichik mundial"ga qiyoslangan ushbu liga asrimizning 2-dekadasida shuhratini anchagina yo’qotgani bor gap. Biroq, biz uchun top-5'ning qolgan birinchiliklariga nisbatan aynan A Seriyani qiziqroq qiladigan bir nechta sabablar bor. Quyida shular haqida.
1. Eldor SHomurodov
Avvalgi yilni Genuyada o’tkazgan futbolchi yangi mavsumni Rimda boshlaydigan bo’ldi. Etiborli jihati, "Roma" hamyurtimizning transferi uchun deyarli 18 mln evrodan voz kechdi. Bu o’zbek futboli uchun mutlaq rekord hisoblanadi. Eldor allaqachon "bo’rilar" libosida 1-o’yinini o’tkazib, rasmiy debyutini gol bilan "yuvishga" ham ulgurdi. O’zbekistonlik hujumchi ishtirokidagi o’yinlarga yurtdoshlarimizning munosabatini yaxshi bilasiz.
SHomurodov jamoasi A Seriyaning yangi mavsumidagi ishtirokini 22 avgustda boshlaydi. SHu kuni "Roma"ga Vinchenso Italyano boshchiligidagi "Fiorentina" qarshi chiqadi.
Xabaringiz bor, liga reytingi yuqorilashi uchun undagi katta nomlarning o’rni bo’lakcha. Messi va Ramosdan keyin La Ligada bu borada pasayish yuzaga keldi. Quvonarli jihati, A Seriyada dunyodagi eng mashhur 3 futbolchidan ikkisi (Krishtianu va Zlatan), shuningdek, murabbiylar orasidagi eng qiziq shaxsiyat (Joze) bor.
3. Kafolatlangan intriga
Yangi mavsumda oldingilaridan farqli ravishda mutlaq favorit yo’q. Amaldagi chempionning ("Inter") murabbiyin almashdi va tarkibda jiddiy yo’qotishlar yuzaga keldi. "Yuventus" o’tgan mavsumning oxirgi turida ECHL yo’llanmasini arang qo’lga kiritgani yodingizda bo’lsa kerak. SHu tufayli bu yil hech kimni favorit sifatida ko’rsatib bo’lmaydi. Bundan tashqari, "Roma"ga Mourinyuning olib kelinishi Rim klubi ham chempionlik poygasida ishtirok etishini taminlaydi.
A Seriyaning yangi mavsumida sovrinli o’rinlar uchun kurashuvchi katta ettilikning imkoniyatlari bir-biriga juda yaqin: "Milan", "Yuventus", "Inter", "Roma", "Napoli", "Atalanta", "Lacio".
4. Katta murabbiylar
Yangi mavsum murabbiylarga atalishi kutilmoqda. Yozda 4 nafar katta murabbiy A Seriyaga qaytdi: Massimilliano Allegri ("Yuventus"), Maurisio Sarri ("Laccio"), Luchano Spaletti ("Napoli") va Joze Mourinyu ("Roma").
Ular o’rtasidagi kurashni kuzatish zavqli bo’ladi.
Fakt: Mourinyu A Seriyadagi so’nggi mavsumida (2009-2010) trebl qayd etgan edi.