Futbol

Bugun Italiya chempionatining 18-tur uchrashuvlariga start beriladi.

168



Bugun Italiya chempionatining 18-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Jarohatlar girdobidagi “Milan” “Napoli”ni qabul qiladi: A Seriya 18-tur prevyusi

Teglar : 
ItaliyaSergey Rumyancev A SeriyaItaliya A SeriyasiInterRomaNapoliMilanYuventus
Bugun Italiya chempionatining 18-tur uchrashuvlariga start beriladi.

"Salernitana" – "Inter"

Frank Riberi o’yinga to’liq tayyor, u "dengiz otlari"ning hujum chizig’ida asosiy kreativ futbolchi bo’lishi kutilmoqda. Biroq qator futbolchilar maydonga tushishi hamon so’roq ostida turibdi. Kulibalii Zortea o’ynashi mumkin, biroq Stanngberg va Kapecci maydonga tushishi ehtimoli juda past. Indzagi esa rotaciya borasida bosh qotirmoqda. Hujumda Jeko-Sanches juftligini ko’rishimiz mumkin, o’shanda Lautaro dam olishi mumkin bo’ladi. Himoyada esa De Vrey o’zini yaxshi his qilmasa, Ranokkya o’yinga tushirilishi mumkin.

Bugun Italiya chempionatining 18-tur uchrashuvlariga start beriladi.

So’nggi bor jamoalar 1999 yili to’qnash kelgan. O’shanda, "Salernitana" 2-0 hisobida zafar quchgan. Biroq hozir bunday natijani kutish juda qiyin. Albatta, chempionat etakchisi favorit hisoblanadi. Milanliklar ilk soniyalardan oldinga borib, raqib himoyasining zaif nuqtalarini topishga urinishiga shubha qilmasak bo’laveradi.

"Atalanta" – "Roma"

"Atalanta" safida hali ham Gosens jamoasiga yordam berolmaydi, u Yangi yildan so’ng qaytishi kutilmoqda, biroq qolganlar safga to’liq yig’ilgan. Malinovskiy ham Pessinaning yonida o’ynash uchun tayyor turibdi. Hujumning oldi chizig’ida Sapata harakatlanadi. El-SHaaravi belidagi muammo tufayli uchrashuvni o’tkazib yuboradi. Ammo Joze Mourinoning baxtiga Manchini va Dzanolo safga qaytgan. Smolling formasini yaxshilagan va boshlang’ich tarkibda o’ynaydi. Forvard rolida esa Abraxam harakatdanadi.

Bugun Italiya chempionatining 18-tur uchrashuvlariga start beriladi.

So’nggi o’zaro bahsda jamoalar 1:1 hisobida durang qayd etishgan. Bu gal bukmekerlar "bergamasklar"ning g’alabasiga ishonch bildirishmoqda. "Roma" o’zidan kuchsizroq bo’lgan jamoalardan ochko olishni yaxshi uddalamoqda. Biroq "jalorossi" o’zidan kuchliroq bo’lgan klubni mag’lub etishda ancha qiynalmoqda. Umuman olganda, bu erda yorqin futbol kutishga to’laqonli haqlimiz. Taxminimizcha, hech kim himoyada o’z baxtini kutib o’tirmaydi.

"Bolonya" – "Yuventus"

Roberto Soriano tarkibga qaytmoqda va bu Mixaylovich uchun ajoyib yangilik. Yarim himoyachi jamoa o’yinini jonlantirishi mumkin bo’lgan figuralardan hisoblanadi. Bugungi kun uchun quvonchli xabar, "Bolonya"da jarohat (kasallik) sabab yo’qotishlar yo’q. Asosiy tarkib futbolchilarining barchasi sog’ va jangga tayyorlanmoqda. Allegrida esa muammo ketidan muammo yuzaga kelmoqda. Jamoa hujumining asosiy vakillaridan Paulo Dibala bu yil maydonga qaytmaydi. Qo’shimchasiga, Keza va Kulusevski ham bo’lmasligini inobatga olsak, hujumda "keksa sinora" qanday o’ynashi hozircha nomalum. Kin-Morata juftligiga ishonishdan boshqa variant qolmadi chog’i.

Bugun Italiya chempionatining 18-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Oxirgi o’zaro to’qnashuvda "Yuventus" 4-1 hisobida g’olib bo’lgan. Hozirgi muammolardan kelib chiqsak, u natijani takrorlash ancha qiyin bo’ladi. "Veneciya" bilan o’ynalgan durang ogohlik qo’ng’irog’i bo’lgandek, ammo fikrimizcha Allegri to’g’ri xulosalar chiqara olgan. Taxminimizcha, o’yin u qadar gollarga boy bo’lmaydi va g’olib nomini 1-2ta to’p hal qiladi.

"Milan" – "Napoli"

Stefano Pioli bu mavsum jarohatlar sabab boshi og’rishiga o’rganib ham qoldi. Jiru va Rafael Leaoning o’yinda ishtirok etishi so’roq ostida, Rebich esa jamoadoshlariga yordam bera olmasligi aniq bo’lib ulgurgan. Zlatan Ibragimovich asosiy tarkibda maydonga tushadi, orqaroqda uni Dias va Salemakers qo’llab-quvvatlaydi. Spaletti ham tarkibdagi holat bilan maqtana olmaydi. Uning ham muammosi o’ziga etarli. Bir qator futbolchilar jarohatlangan va hozircha murabbiy o’yinni qanday qurishi nomalum. Osimxen va Kulibali o’ynamasligi aniq, Zelinski, Insine, Ruy va Fabian Ruis esa maydonga tushish imkoniyatlari yuqori.

Bugun Italiya chempionatining 18-tur uchrashuvlariga start beriladi.

So’nggi bor bu raqiblar to’qnashganida "Napoli" San-Siroda 1-0 hisobida zafar quchgan. Jamoalarning bugungi kundagi tarkibi va sport formasini aniq taxmin qilib bo’lmagani tufayli, o’yin natijasini ham aytish o’ta mushkul vazifa. Biroq, "Milan" ko’proq hujumga urg’u bersa, "Napoli" esa raqibni qarshi hujumda "ushlashga" urinadi.


Sergey Rumyancev

Fikr bildirish