Futbol

Bugun O’zbekiston kubogining final bahsi o’tkaziladi.

375



Bugun O'zbekiston kubogining final bahsi o'tkaziladi.

Yilning eng yaxshi hakami futboldan qanday ketgan edi?

Teglar : 
Nasaf “Paxtakor”Ahrol RisqullaevCoca-Cola kubogi final
Bugun O’zbekiston kubogining final bahsi o’tkaziladi.

Bugun O'zbekiston kubogining final bahsi o'tkaziladi.

Paxtakor

O'zbekiston kubogi. 3-tur

04/12/2021, 16:00


:

Boshlanmadi

Bugun O'zbekiston kubogining final bahsi o'tkaziladi.

Nasaf

Match-senterda ochish

Samarqanddagi uchrashuvni A. Risqullaev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib borishi malum qilingan edi.

O’zbekiston Coca-Cola kubogi. Final

4 dekabr, shanba

PAXTAKOR – NASAF

Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Timur Gaynullin, Andrey Capenko, Rustam Lutfullin

Nazoratchi: Vladislav Ceytlin

VAR hakami: Ilgiz Tantashev

VAR assistent: Jahongir Saidov

VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko

Komissar: Aleksandr Davidenko.

Bugun O'zbekiston kubogining final bahsi o'tkaziladi.

Malumot uchun, Ahrol Risqullaev 1985 yil Toshkentda tug’ilgan. "Paxtakor"da tarbiyalangan futbolchi faoliyati davomida "Traktor", "So’g’diyona", "Navbahor", "Qizilqum", "Nasaf" va "Dinamo" jamoalari safida to’p tepishga ulgurgan. Markaziy himoyachi 29 yoshida butsalarini mixga ilishga majbur bo’ldi.

Bugun O'zbekiston kubogining final bahsi o'tkaziladi.

Gap shundaki, Ahrol 2013 yilning yozida "Dinamo" bilan shartnomasi bor bo’la turgan bir paytda "Navbahor" ko’rigida ishtirok etdi. Oqibatda, O’FF Futbolchilar maqomi va o’tishi qo’mitasi tomonidan mavsum oxiriga qadar diskvalifikaciya qilindi (Aleksandr Kleckov bilan birga). 

2014 yil avvalida "Navbahor", "Neftchi" va "Andijon" ko’rigida bo’lib, o’zini ko’rsata olmagan Risqullaev shu yilning mart oyida butsalarini mixga ilib, futboldan ketishga qaror qildi

Bugun O'zbekiston kubogining final bahsi o'tkaziladi.

Biroq, u ko’p o’tmay "kambek" qildi. Aniqroq aytsak, sobiq himoyachi 2014 yilning avgust oyidayoq bolalar o’rtasidagi turli turnirlarda referi sifatida ko’rinish bera boshladi. SHu yilning kuzida maxsus kurslarda tahsil olib, 2015 yilni Birinchi ligada boshladi.

Etiborli jihati, Ahrolning arbitrlik faoliyati futbolchiligiga nisbatan ancha yaxshiroq start oldi. U tezlik bilan muvaffaqiyatga erisha boshladi. Risqullaevning Oliy Ligadagi debyuti 2 yil ham kuttirmadi. Uning oliy darajadagi birinchi o’yini 2016 yilgi mavsumning 12-turida o’tkazilgan "Obod" – "SHo’rtan" bahsi bo’lgan edi.

Bugun O'zbekiston kubogining final bahsi o'tkaziladi.

FAKT: 36 yoshli arbitr 2020 yilda O’zbekistonning eng yaxshi hakami, deya etirof qilingan edi. U Superliganing ortda qolgan mavsumida 14 ta o’yinni boshqardi. 

Bugun O'zbekiston kubogining final bahsi o'tkaziladi.

Bugun Ahrol Risqullaev kubok tarixida final o’yinlarini boshqargan 17-referiga aylanadi. Unga bo’lajak uchrashuvda omad va kuch-quvvat tilaymiz!

Bugun O'zbekiston kubogining final bahsi o'tkaziladi.

FAKT: Finalda maydonga tushadigan jamoalar Risqullaevga begona emas. U "Paxtakor" bilan O’zbekiston chempionatida, "Nasaf" bilan OFK kubogida zafar quchgan.

1) Final. "Dinamo" to’ladimi?

2) 5 yil. "Nasaf"ning oxirgi finalidan kimlar qoldi?

3) Final. Ravshan Ermatov — mutlaq etakchi

4) Final. "Nasaf" "Paxtakor" bilan nechanchi marta to’qnashadi?

Bugun O'zbekiston kubogining final bahsi o'tkaziladi.
			Muallif : Faxriddin Ro’ziyev

Fikr bildirish