"Andijon" o’z maydonida "Aral Samali"ni yirik hisobda mag’lub etdi. Birinchi taymda Farhod Sohibjonovning, ikkinchi taymda SHahboz Erkinovning dubllari "burgutlar"ga g’alaba keltirdi – 4:0. Xuddi shunday hisob G’uzorda ham kuzatildi. "SHo’rtan" safida "Yangier" darvozasiga Nodirjon Nurmatov, Muhriddin Zoirov, Abduholiq Qurbonov va Javohir Hasanov gollar urishdi – 4:0.
"Buxoro" esa Muborakda "Zomin" bilan durang o’ynadi. Birinchi taymda buxoroliklar hujumchisi Ro’zimboy Ahmedov hisobni ochdi, tanaffusdan keyin zaxiradan maydonga tushagn Otabek Ahmadjonov muvozanatni tikladi – 1:1.