Boks/MMA

Bugun Rossiyada professional boks kechasi tashkil etiladi.

164

AMC Fight Nights bayrog’i ostidagi aralash yakkakurash turnirlarida ishtirok etib kelgan Maga Ismailov bugun o’zini professional boksda sinab ko’radi. Uning raqibi nigeriyalik Olanrevadju Durodola bo’ladi. Policiya xodimi bo’lgan Durodola havaskor boksda Pekin Olimpiadasida ishtirok etgan. 

Bugungi jang oldidan bokschilar tarozidan o’tish marosimida hozir bo’lishdi. Nigeriyalik 93.8 kilogramm tosh bosgan bo’lsa, Maga Ismailov raqibidan 2 kg engil chiqdi. 35 yoshli Magomed Ismailov bundan avvalgi jangida AMC Fight Nights chempioni Vladimir Mineevga yutqazib qo’ygan edi. Ungacha u 12 ta jangda mag’lubiyatga uchramagandi. 

41 yoshli Olanrevadju Durodola esa so’nggi bor o’tgan yilning noyabr oyida ringga chiqqan va o’shanda britaniyalik Richard Riakporga beshinchi raundda texnik nokaut bilan imkoniyatni boy bergan. Maga Ismailov – Olanrevadju Durodola jangi birinchi og’ir vazn toifasidagi vakant bo’lib turgan WBC Silver kamari uchun kechadi. 

Fikr bildirish