Futbol

Bugun Superliganing 4-turi doirasida navbatdagi kungi uchrashuvlar o’tkaziladi.

234



Bugun Superliganing 4-turi doirasida navbatdagi kungi uchrashuvlar o'tkaziladi.

Prevyu. “Nasaf” uchun OCHLdan oldin so’nggi repeticiya

Teglar : 
LokomotivNasaf
Bugun Superliganing 4-turi doirasida navbatdagi kungi uchrashuvlar o’tkaziladi.

Qarshining "Nasaf" klubi bugun Toshkentda "Lokomotiv"ga qarshi maydonga chiqadi. Quyida esa o’yindan oldingi qiziqarli malumot va faktlarni keltirib o’tamiz. 

Bugun Superliganing 4-turi doirasida navbatdagi kungi uchrashuvlar o'tkaziladi.

Lokomotiv

Superliga. 4-tur

02/04/2022, 18:30


:

Boshlanmadi

Bugun Superliganing 4-turi doirasida navbatdagi kungi uchrashuvlar o'tkaziladi.

Nasaf

Match-senterda ochish

O’zaro o’yinlar 

Ushbu jamoalar Superligada jami 34 bor to’qnash kelishgan. G’alabalardagi tafovutni oladigan bo’lsak, kichik ustunlik "Nasaf" tomonida ekanligini ko’rishimiz mumkin, 15ta g’alaba. "Lokomotiv" raqibi ustidan 13 bor zafar quchgan. 6ta bahsda tomonlar murosa ko’chasini tanlashgan. To’plar nisbati 45:38, "ajdarlar" foydasiga. Bugun mezbon maqomidagi "temiryo’lchilar" o’z maydonlarida "Nasaf"ga 5 bor mag’lub bo’lishgan. Mezbonlar Toshkentda kechgan so’nggi 10ta o’yinning 2tasida engilgan. Eng yirik hisob 2020 yilgi mavsumda qayd etilgan bo’lib, "Jar"da kechgan bahsda Ro’ziqul Berdiev shogirdlari 4:0 hisobidagi g’alabani o’ziniki qilgan edi. 

Bugun Superliganing 4-turi doirasida navbatdagi kungi uchrashuvlar o'tkaziladi.

"Nasaf" uchun OCHLdan oldin so’nggi repetitciya

Qarshi klubi bugungi o’yin yakunlangach 4 aperl kuni OCHLda ishtirok etish uchun to’g’ri Saudiya Arabistoniga yo’l oladi. Qaysidir manoda bugungi bahs Ro’ziqul Berdievga futbolchilarni ko’rib olish, tayyorgarlikni teshirib olish uchun yaxshi imkoniyat. Balki tarkibda ayrim rotatciyalarni ko’rishimiz ehtimoli ham bor. Boz ustiga jamoaning ko’p futbolchilari terma jamoa ixtiyoridan qaytishdi. Ehtimol murabbiylar shtabi barcha kartalarni ochishmas. Buni o’yin davomida bilib olamiz. "Lokomotiv" esa o’z maydonida g’alaba uchun o’ynashi tabiiy. Ular avvalgi turda "Bunyodkor"dan uchralgan mag’lubiyat uchun ham ikki hissa kuch bilan harakat qiladi. 

Bugun Superliganing 4-turi doirasida navbatdagi kungi uchrashuvlar o'tkaziladi.

Denis Korostichenko "Nasaf"ni oldin ham mag’lub etgan 

O’tgan mavsumning so’nggi turida Mikael Sekeyra "Lokomotiv"ni tark etdi. "Nasaf" bilan o’yinga esa jamoani Denis Korostichenko olib bordi. O’sha bahsda uning qo’l ostidagi "Lokomotiv" Qarshidan uch ochko bilan qaytgani yodimizda. Korostichenko bu ishni yana bir bor uddalaydimi?

Bugun Superliganing 4-turi doirasida navbatdagi kungi uchrashuvlar o'tkaziladi.

Jamoalarning so’nggi o’yinlari 

"Qizilqum" – "Lokomotiv" 2:0

"Lokomotiv" – AGMK 2:1

"Bunyodkor" – "Lokomotiv" 2:1

"Navbahor" – "Nasaf" 0:0

"Nasaf" – "Metallurg" 1:1

"Baniyas" – "Nasaf" 0:2

AGMK – "Nasaf" (qoldirilgan)

Bugun Superliganing 4-turi doirasida navbatdagi kungi uchrashuvlar o'tkaziladi.

"Nasaf"ning uchrashuvga qaydnomasi 

Bugun Superliganing 4-turi doirasida navbatdagi kungi uchrashuvlar o'tkaziladi.

"Lokomotiv" bugungi o’yinga qaydnomani elon qilgani yo’q.

Hakamlar 

2 aprel, shanba
LOKOMOTIV – NASAF
Hakamlar
: Rahimbek Karimov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Xushnud Suyunboev
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
VAR hakami: Asker Najafaliev
VAR assistenti: Alisher Usmonov
VAR nazoratchi: Vladislav Ceytlin
Komissar: Sardor Qudratullaev
Boshlanish vaqti: 18:30 

Eslatib o’tamiz ramazon oyi boshlangani munosabati bilan bugun "Lokomotiv" stadioniga tashrif buyurgan muxlislarga bepul iftorlik tarqatiladi. 

Bugun Superliganing 4-turi doirasida navbatdagi kungi uchrashuvlar o'tkaziladi. 
			Muallif : Iskandarov Abdulaziz

Fikr bildirish