Jizzax viloyati mezbonligida o’tgan boks bo’yicha O’zbekiston chempionatida 1993-1994 yillarda tug’ilgan o’smirlar ringga ko’tarilishgan edi. O’sha musobaqaning -46 kg vazn toifasidagi finaliga Hasanboy Do’smatov hamda Murodjon Ahmadaliev etib kelgan.
Murosasiz kechgan final bellashuvida Hasanboy 13:11 hisobida g’alaba qozongan edi. Murabbiy To’lqin Qilichev Instagram sahifasiga o’sha jangni esga olib, bu haqidagi post bilan o’rtoqlashdi.