Futbol

«Chelsi»ga qarshi o‘yin oldidan «Real»da 5 ta yo‘qotish bor

156

«Real Madrid» «Chelsi»ga qarshi o‘yin oldidan kichik yo‘qotishlarga duch keldi.

«Real Madrid»ning besh nafar futbolchisi «Chelsi»ga qarshi o‘ynamaydi. Jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bu o‘yinda Eden Azar, Xesus Valyexo, Isko va Luka Yovich kabi jarohat olgan futbolchilar, shuningdek, diskvalifikasiya qilingan Eder Militao xizmatlaridan foydalana olmaydi.

«Real» va «Chelsi» o‘rtasidagi Chempionlar ligasi chorak finalining javob uchrashuvi 12 aprel, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi. Birinchi o‘yin 3:1 hisobida madridliklar foydasiga hal bo‘lgan edi.

Fikr bildirish