Futbol

«Chelsi» va «Real» o‘rtasidagi uchrashuv natijasi taxmin qilindi

137

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Maykl Ouen «Chelsi»ning «Real»ga qarshi Chempionlar ligasi 1/4 final javob o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Chelsi»ning «Stemford Brij»da imkoniyatlari bor edi. Ular ko‘proq gol urishi kerak edi. O‘ylaymanki, «Chelsi» Madridda ham gol urishadi, lekin «Real» juda tajribali va keyingi bosqichga o‘tish uchun yetarlicha harakat qiladi. Mening taxminim — 1:1», – dedi Ouen.

U Madrid klubi hujumchisi Karim Benzemaning o‘yinini ham qayd etdi.

«Bir o‘yinda ikkita eng yaxshi bosh bilan berilgan zarbani ko‘rganimga ishonchim komil emas. U faoliyatidagi eng yaxshi formada va o‘z klubi uchun haqiqiy ramz», – dedi Ouen hujumchining Londondagi uchrashuvi o‘yini haqida.

Fikr bildirish