38 yoshli Dani Alves «Barselona»ga qaytmoqchi. Futbolchi allaqachon o‘z xizmatlarini Kataloniya jamoasiga taklif qilgan, deb xabar beradi AS Esport3 nashri.
Dani Alves allaqachon «Barsa» rahbarlari bilan bog‘lanib, 1 yanvardan klubga o‘tishga tayyorligini aytgan. Shuningdek, u eng kam ish haqining miqdoriga rozi. Kataloniyaliklar braziyalik taklifini o‘ylab ko‘rishini aytishdi.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyi boshida Dani klub qarzlari tufayli «San-Paulu» klubini tark etgandi.
Dani Alves 2008 yildan 2016 yilgacha «Barselona» sharafini himoya qilgan. Klub bilan u uch marta Chempionlar Ligasini, olti marta Ispaniya chempionligini, to‘rt marta mamlakat kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi.