Kutilmaganda dunyoning ikkinchi raketkasi Daniil Medvedev o’zining ilk uchrashuvidayoq mag’lubiyat alamini totib ko’rdi. Bahslarga ikkinchi davradan qo’shilgan rossiyalik tennischi ATP reytingida 75-pog’onadan joy olib turgan franciyalik Rishar Gaskega 2/6, 6/7(5) hisobida imkoniyatni boy berdi.
Tennischilar kortda 91 daqiqa harakat qilishgan. Bu vaqt oralig’ida 26 yoshli Medvedev 7 ta, 35 yashar Gaske 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ularning o’zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi – 2:2.