Tennis

Denis Istomin Ispaniyadagi ishtirokini g’alaba bilan boshladi

17

Xabar berganimizdek, ushbu musobaqada mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin ham ishtirok etyapti. Denis ketma-ket mag’lubiyatlardan so’ng nihoyat g’alaba qozona oldi. Hamyurtimiz turnirning 1/16 final bosqichida franciyalik Kirian Jakega qarshi kortga chiqdi. 

Ushbu bahs yakuniga etmay qoldi. Jake uchinchi setning beshinchi geymidan so’ng jarohati sabab uchrashuvni davom ettira olmasligini malum qildi. Bu paytga kelib, Istomin 6/2, 4/6, 3/2 hisobida oldinda borayotgandi.  

Taqqoslash uchun, Istomin ATP reytingida 224, Jake esa 305-o’rinni egallab turibdi. Birinchi raketkamizning nimchorak finaldagi raqibi qozog’istonlik tennischilar – Denis Evseev va Jmitriy Popko bahsidan so’ng malum bo’ladi. Ushbu uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 14:30dan keyin boshlanadi. Popko ATP reytingida 165, Evseev 406-pog’onadan joy olgan. 

Fikr bildirish