“Og’ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder WBC chempioni Tayson Fyuri bilan o’tkazilgan revansh jangida nokautga uchragan va kamiga qo’lini sindirib olgan edi. Endi u jarrohlik stoliga yotadi. Tiklanish muddati esa kamida yarim yil bo’ladi. 35 yoshli amerikalik kelasi yilning aprel-may oylarida ringga qaytishi mumkin”, – dedi uning menejeri SHelli Finkel.
“Unga operaciya kerak. Orqa bo’g’im suyagi singan, qolgan hammasi joyida. Uning ahvoli yaxshi, u kecha uyda edi. U tuzalmoqda va hozirda hammasi yaxshi bo’lsa, operaciyadan keyin, ehtimol, aprel-may oylarida ringga qaytishini kutishi mumkin”, deya The Sun nashriga bergan intervyusini yakunlagan Finkel.
Uaylder 2016 yil iyul oyida Kris Arreolaga qarshi jangda o’ng bilagini shikastlab olgandi, o’shanda ham u operaciya qilingan edi.
Avvalroq, Uaylderning murabbiyi Malik Skott bokschi professional ringdagi yurishlarini tugatish niyatida emasligini aytib, Uaylderni kelajakda ham katta janglar kutayotganiga ishonch bildirgandi.