Boks/MMA

Dmitriy Bivolning bolaligi haqida nimalarni bilasiz?

314

Dmitriy Bivol. Zamonamizning eng yaxshi bokschisini, jamoasidan boshqa hech kim ishonmayotgan bir vaqtda, uning ustiga Amerikada mag’lub etdi. O’zbekistonlik ko’plab boks ihlosmandlari uning g’alabasiga umid bildirishdi… Lekin Kaneloning mag’lub bo’lishini tasavvur qila olmaydiganlar bisyor edi. Bivol uddaladi. Bu g’alabani o’z bokschilarimiznikidek qabul qildik. Negaki, Dima prof boksdagi yulduzlarimiz bilan jamoadosh, tayyorgarlikning bir bosqichini yurtimizda olib bordi, sparringlarni Isroil Madrimov bilan qildi, hudud va mentalitet jihatidan ham bizga ancha yaqin. Bu jangda fakt, nom, tajriba, siyosat “damini oldi”. Bu jangda balki butun dunyoga qarshi chiqqan yaxshi jamoaning katta ishonchi g’alaba qildi. 

Yaqin o’tmishdan boksga mehr qo’yganlar Saul Alvaresning qanday mag’lub bo’lganini o’z ko’zlari bilan ko’rishdi. Quyidagi materialimizda Amerikada dunyoning eng yaxshi bokschisi ustidan g’alaba qozongan rossiyalik to’g’risida bilganlarimizni o’rtoqlashamiz.

“Men – rossiyalikman!”

Dmitriy Bivol 1990 yil Qirg’izistonning Tokmak shahrida dunyoga kelgan. Dmitriyning millati, nega boshqa davlatga ko’chib o’tgani haqida savollar juda ko’p beriladi. 

Dmitriy Bivolning bolaligi haqida nimalarni bilasiz?

“Onam – koreys, dadam – moldavalik. Men Qirg’izistonda emas, Sovet Ittifoqida tug’ilganimga ishonaman. O’shanda qulash arafasida turgan bo’lsa ham, bu katta davlat edi. Onam faqat rus tilini biladi. Dadam bolaligida moldavancha gapirardi. Sakkizinchi sinfdan boshlab u butun oilamiz kabi faqat rus tilida gapiradi. Men o’zimni doim sovet odamidek his qilganman. Qirg’izistonda deyarli hamma ruscha gapirardi. U erdan Rossiyaga ko’chish shaharni o’zgartirishga o’xshaydi. Hech qanday til to’sig’i va mentalitet o’zgarishi yo’q edi. Ayniqsa, men o’sha paytda kichkina edim. Ko’chib o’tish men uchun ham, ota-onam uchun ham oson edi”, – deya javob bergan Bivol.

Dmitriy Bivolning bolaligi haqida nimalarni bilasiz?

Dmitriy 6 yoshidan boshlab boks bilan shug’ullangan. Jeki CHan ishtirokidagi filmarni tomosha qilar ekan, bolakayda qahramoni kabi qo’l va oyoqlarda birdek kurashishni o’rganish istagi paydo bo’ladi. Keyin otasi uni ushu bo’limiga olib boradi. U erda bir-ikki oy shug’ullanadi. SHu yaqin atrofda boks bo’limi ham mavjud edi. Boksdagi yigitlar ushudagilardan farqli ravishda ko’plab musobaqalarga borardi.

“U erda yurtimizning turli burchaklaridan medallar bilan kelishardi. Qolaversa, boksda ajoyib murabbiy ishlagan. Ushu bilan shug’ullanganimda, tepishni unchalik yaxshi bilmas, ko’p hollarda qo’lim bilan ishlardim. Dadam bularni barchasini inobatga olib meni boksga etakladi”, – deya xotirlaydi chempion.

Dmitriy Bivolning bolaligi haqida nimalarni bilasiz?
“Men butun bolaligimni ota-onam bilan dalada o’tkazdim” 

Ota-onasining 4 gektarga yaqin eri bo’lgan. Bahor-yoz-kuzda bu erlarga piyoz va bug’doy ekib, qishda shu pulga kun kechirishgan. 

Oradan vaqtlar o’tib Dmitriy ham musobaqalarga chiqa boshladi. O’sha vaqtlarda ko’plab chempionlarning hikoyalari kabi, Qirg’izistonda ham bolalarning musobaqalarga borib-kelish harajatlariga barcha ota-onalar ham pul topib bera olishmagan.  

“Ota-onamning menga pul topib berishlari murakkab bo’lgan. Lekin menimcha, ular buni zavq bilan qilishdi. Hozir mening ham farzandlarim bor, mashg’ulotlar uchun pul to’layman va bu hech qachon achinarli emasligini tushunaman. Ammo har bir kishi turli xil daromadlarga ega, boshqalar uchun byudjetda bolani musobaqalarga yuborishdan ko’ra muhimroq ustunlar mavjud. Bazi bolalar pul topishgan, turnirlarga borishgan, yutqazgan va yig’lagan. Nega yig’layapsiz deb so’rasangiz — Otam men uchun zo’rg’a pul topdi, men birinchi jangdayoq engildim, deganlari yodimda…”.

Dmitriy Bivolning bolaligi haqida nimalarni bilasiz?

Sankt-Peterburgga ko’chib borganidan so’ng oila avvaliga u qadar ham yaxshi hayot kechirmadi. Qirg’izistonda Bivollar oilasining shaxsiy – 1982 yildagi eski “Mercedes” mashinasi va 5 xonali uyi bo’lgan. Piterda esa amakisining oilasi bilan bir uyda jami 9 kishi yashagan. CHunki Rossiyada alohida xonadon 60 ming dollar atrofida edi. Qirg’izistondagi 5 xonali uyini esa 3 ming dollarga sotishgan.

Yangi shaharda Dmitriyning otasi mikroavtobusda ishlagan.

Dmitriy Bivolning bolaligi haqida nimalarni bilasiz?

“Otam onamning ishlashini xohlamagan. Ertalab soat 6 da jo’nab, soat 1 larda qaytib kelardi. Ikki kun ishlar, ikki kun dam olar edi. Onam singlimni bolalar bog’chasiga olib borar, men esa mahalliy boks bo’limiga bordim. Keyin onam do’konga ishga kirdi. Taxminan olti oydan so’ng amakim bir xonali kvartiraga ko’chib o’tdi, biz shu xonadonda qoldik. Asta-sekin rivojlana boshladik. Men katta bo’ldim, ota-onamdan alohida uyga ko’chib o’tdim, keyin ular Sankt-Peterburg chegaralarida uchastka sotib oldilar, uy qurdilar. Hozir onam va dadam u erda yashaydilar. Aytgancha, otam hali ham haydovchi bo’lib ishlaydi. Onam esa gaz korxonasida dispetcherlik xizmati boshlig’i”, – degan edi intervyularining birida Bivol.

“Keyin qiyin davr boshlandi” – isrof qilingan pullar

Dmitriy Rossiya chempionatida g’olib bo’lganidan keyin stipendiya ola boshladi va unga homiylar ham topildi. Murabbiyi esa boks orqali pul topib, hayotda nimagadir erishish mumkinligini tushuntirdi. Havaskor boks tufayli Sankt-Peterburgdan ipotekaga bir xonali kvartira sotib oldi. 

Dmitriy Bivolning bolaligi haqida nimalarni bilasiz?

Bivol 2012 yilda Evropa chempioniga aylanganidan so’ng maoshi ko’tarildi va bu pulga nimadir qilishi kerakligni darhol anglab etdi va keyinchalik afsuslanadigan ishlarni qildi:

“Jahon, Evropa chempionatlarida sovrindor bo’lgan o’smirlar va yoshlar uchun maosh berilar edi. Homiylik pullari bilan birgalikda jami – 80 ming rubl. O’rtacha maoshdan bir necha baravar ko’p. Albatta, men bu pullarni aql bilan ishlatmadim. Oilamizga u qadar ham qimmat bo’lmagan avtomobil sotib oldik. Lekin men pulni isrof qildim. Keyin qiyin davrlar boshlandi: havaskor bokschining maoshi bir yilga mo’ljallangan, keyin siz bunga munosibligingizni isbotlashingiz kerak”.

Dmitriy Bivolning bolaligi haqida nimalarni bilasiz?

Dmitriy o’smirlar o’rtasidagi barcha – mamlakat, jahon, evropa chempionatlarida g’olib bo’ldi. SHundan so’ng jahon chempionatida (yoshlar o’rtasida) bronza medalni qo’lga kiritdi. Bunda sovrindorlarga beriladigan mukofot pullari bekor qilindi. Bu pullarning hammasi Olimpiadachilar uchun sarflanadigan bo’ldi. 18 yoshida kattalar jamoasiga o’tdi, u erda omadi yurishmagach, amalda maoshsiz qoldi. O’sha vaqtlarda hamma narsani to’g’ri yo’naltirish kerakligini tushundi. Avvaliga ichki chempionatda bronza, keyin kumush medalga ega chiqdi. O’sha yili ikkinchi o’rinni olgan barcha yigitlar Evropa chempionatiga olib borildi – Bivoldan tashqari:

“Ikkinchi o’rinni olib turib ham qita turniridan qolib ketdim. Birinchi bo’lganimda hammani jahon chempionatiga olib borishdi, meni esa Butunjahon jang sanatlari o’yinlari va Universiadaga yuborishdi. Asosiy musobaqalar mensiz o’tdi. Negaligini bilmayman. Keyin yana bir bor Rossiya chempionligini qo’lga kiritdim va ko’proq narsaga qodir ekanimni his qildim”.

Dmitriy Bivolning bolaligi haqida nimalarni bilasiz?

2013 yildagi Qozon Universiadasida ikkinchi bo’ldi. Yarim finalda qo’lidan olgan jarohatdan qolgan chandiq hamon Bivol bilan birga. U finalda jang qilishni istardi, biroq shifokorlar bunga ruhsat berishmadi.  

Dmitriy Bivolning bolaligi haqida nimalarni bilasiz?

SHundan so’ng, professional boksga o’tish qaroriga keldi. Ha, u terma jamoada birinchi raqamli bo’lib qolishi va shu erda qolib Olimpiadani kutishi mumkin edi. Ammo Bivol mustaqil bo’lishni, medal hamda diplomlardan ko’ra ko’proq yutuqlarga ega chiqishni istardi. 2014 yilda AQSHga yo’l oldi. U erda hamyurtimiz Bektemir Meliqo’ziev ustidan g’alaba qilgan Gabriel Rosado va GGG kabi bokschilar bilan sparringlarda qatnashdi. O’zining prof bokschi bo’lishini aynan o’sha vaqtlarda anglab etgan Dima Rossiyaga qaytib, mamlakat chempioniga aylandi. Keyin esa, “Mir Boksa” promousheni bilan shartnoma tuzdi. 

Kumirlaridan biri – Roy Jons unga suratga tushishni taklif qilgan  

Bolaligidagi kumiri Mayk Tayson edi. Keyinchalik uning yoniga Roy Jons ham qo’shildi. AQSHdagi janglarining biridan so’ng Roy Jons Bivolga suratga tushish taklifini bildirgan. Dima intervyularining birida kumirining achinarli yakunlangan karerasi haqida afsus bilan gapirgan.

Dmitriy Bivolning bolaligi haqida nimalarni bilasiz?

SHaxsiy hayoti

Dmitriy 2013-yilda – Qozon Universiadasidan biroz vaqt o’tgach Ekaterina ismli qiz bilan oila qurdi. To’yi kuni ham qo’lidagi gips echilmagan edi. 

Dmitriy Bivolning bolaligi haqida nimalarni bilasiz?

Juftlik 2007 yilda samolyotda tanishishgan. 16 yoshli Bivol Sochidagi yig’inga, Ekaterina esa onasi bilan birga buvisinikiga uchib ketayotgandi. Bivol juda ko’p vaqtini oilasi bilan o’tkazadi. Uning ikki nafar o’g’li bor: Miron va Nikon. Katta farzandi 7 yoshda, xokkey bilan shug’ullanadi. 

Dmitriy Bivolning bolaligi haqida nimalarni bilasiz?

“20 000 kishilik arena bizga qarshi edi, lekin endi bu muhim emas”

Bugun turmush o’rtog’ining g’alabasidan so’ng Ekaterina Instagramda murojaat yo’lladi. Videoda bu kunni qanday kutgani, jangni natija elon qilinmaguncha ko’rolmagani, WVA’ning futbolkasini 5 yildan beri kiyib yurishini haqida gapirdi. Undan tashqari Dmitriy tug’ilgan Tokmak shahridagi ko’cha reklama bannerlarida bu buyuk g’alaba aks videolar uchun ham minnatdorchilik bildirdi.

Dmitriy Bivolning bolaligi haqida nimalarni bilasiz?

“Odamlarni xafa qilmasin” deb tarbiyalangan bokschi faoliyatini Floyd Meyvezerdek yuqori darajada yakunlashni istaydi

“Men OAV odami emasman. SHovqinli chiqishlar va kompaniyalarni yoqtirmayman. Do’stlar va oilam orasida bo’lishni yaxshi ko’raman. Men javob bera olmaydigan narsalarni aytishga tarbiyalanmaganman. Yoki javob bera olamanmi, bilmayman. “Odamlarni xafa qilmasin” deb tarbiyalanganman”.

Dmitriy Bivolning bolaligi haqida nimalarni bilasiz?

SHu kungacha uning OAV etiborini qozonish uchun ortiqcha harakatlar qilgani, kimnidir haqoratlagani yoki o’zni nomunosib tutganini ko’rmaganmiz. Odamlarni xafa qilishdan qo’rqadigan bokschi faoliyatini Floyd Meyvezerdek yuqori darajada yakunlashni istaydi.

Sarvinoz RAXMONQULOVA tayyorladi.

Fikr bildirish