Statistika bilan shug’ullanuvchilar ham asosiy etiborini xotiniga emas, gollarga qaratarkan. Tabiiyki, bu inglizlar ixtiro qilgan o’yin (yoki sport) ishqibozlari uchun ham qiziq. SHu tufayli Evropaning top ligalarida uchragan eng katta hisoblar haqida malumot berishga qaror qildik. Qani, raqiblarining shafqatsizligidan qaysi jamoa ko’proq aziyat chekkan ekan…
Angliya. Siz berilib tomosha qiladigan APL bor-ku, unda barcha jamoalarning saviyasi bir-biriga yaqinligi haqida ko’p gapiriladi. Lekin vaqti-vaqti bilan "Tumanli Albion"da ham qaysidir jamoa "zo’rlangani" to’g’risida xabarlar yoziladi. Liga tarixidagi eng yirik hisob — 9:0.
So’nggi yillarda 2 bor shunday natija qayd etildi. Eng qizig’i, har 2 o’yinda "Sautgempton" mazlum bo’lgan (MYU va "Lester"dan egilgan). Yana ham qiziqroq tomoni shundaki, har 2 bahsda ham Gempshir klubini 1 murabbiy boshlab tushgan — Ralf Xazenxyuttl. Undan ham qizig’ini aytaymi, avstriyalik mutaxassis haliyam jamoa boshida. Agar bizning klublar bo’lsa, Xazenxyuttl 9 marta haydalardi.
Germaniya. Bundesliga tarixida eng yirik mag’lubiyatni qabul qilib olgan jamoani taxmin qilib ko’ring. Aminman, adashdingiz. Bu bahs 1978 yilda tarixga kirgan. "Borussiya"lar to’qnashuvida Myonxengladbax klubi dortmundliklarni sharmanda qilgan. O’shanda siz yaxshi taniydigan Yupp Xaynkes penta-trikka erishgan ekan.
Italiya. A Seriya tarixidagi eng katta g’alaba Turin klubiga yozilgan. Ammo siz o’ylaganingizdek, "Yuve"ga emas. 1948 yilda "Torino" "Aleksandriya" futbolchilarning yuzini shuvut qilgan edi. Hakamning yakuniy hushtagi chalinguniga qadar "buqalar"ning 6 vakili raqib darvozasiga jami 10 ta gol urishgan.
Ispaniya. "Barselona"ning ayni paytdagi muvaffaqiyatsizliklaridan jig’ibiyron bo’layotgan "fanatlar" yaxshi ham XX asrning 2-choragida yashamagan. CHunki jamoa tarixida bundan ham yomonroq kunlar bo’lgan, uzoq vaqt. Buni quyidagi malumotlar ham tasdiqlaydi. La Liga tarixidagi eng yirik mag’lubiyatlar aynan "Barsa"ga yozilgan. Katalon klubi 1931 yilda "Atletik Bilbao"ga 12:1, 1940 yilda "Sevilya"ga 11:1 hisobida engilgan edi. Ha, bugungi holatimiz o’tmish va kelajak to’g’risida to’la malumot berolmaydi.
Portugaliya. Navbatdagi tarixiy o’yin bizning futbolimizga ham taalluqli. Mazkur bahsda hamyurtimiz Sardor Rashidov ham ishtirok etgan. Faqat g’oliblar emas, jabrdiydalar tomonidan. "Nasonal" "Benfika"dan roppa-rosa 10 ta gol qabul qilib olgan bahsda jizzaxlik futbolchi 90 daqiqa harakatlangan edi. Bu Rashidov uchun Portugaliyadagi debyut edi.