«PSJ» darvozaboni Janluiji Donnarumma jamoadagi holatidan mamnun emas va klubni tark etmoqchi, deb yozadi Todofichajes. Italiyalik kiper Parijning asosiy darvozaboni bo‘lishni xohlagan, ammo jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Keylor Navasga ko‘proq ishonadi.
Shu nuqtai nazardan, agent Mino Rayola allaqachon Jijiga yangi jamoa qidirishni boshlagan. Manbaga ko‘ra, «Yuventus» Donnarumma uchun asosiy da’vogar.
Turin o‘tgan yozda Janluiji bilan shartnoma imzolashga urinib ko‘rdi, ammo keyin tomonlar maosh borasida kelisha olishmadi.
Katta ehtimol bilan Donnarumma «Yuventus»ga yarim yillik ijaraga o‘tishi mumkin.