Boks/MMA

Entoni Joshua raqibi Aleksandr Usikni qo’llab-quvvatladi.

173

O’tgan yili Joshuani mag’lub etib, og’ir vazn toifasida IBF, WBO va WBA yo’nalishlari chempioni bo’lgan Usik Rossiya prezidenti Vladimir Putindan vataniga bostirib kirishni to’xtatishni so’radi.

Joshua sentyabr oyida Londondagi mag’lubiyatidan so’ng Usik bilan ikkinchi marta jang o’tkazishga tayyor.

Ammo chempion sportdan ko’ra muhimroq masalalarga etibor qaratganligi sababli, Joshua uni davom etayotgan mojaroga qarshi kurashda muhim rol o’ynagani uchun maqtadi.

«Men sport va siyosat yonma-yon borishni o’rgandim. Ular urushga intilmayaptilar, keling, tinch yashaylik, deyaptilar, ularga omad tilayman. O’tgan payshanba kuni Londondan jo’nab ketganidan so’ng, Usik o’z mamlakatiga murojaat bilan chiqdi va rus xalqini o’z noroziliklarini bildirishga chaqirdi. Ular kuchli ovoz va ular xalqiga dalda bo’layotgani yaxshi», – dedi Joshua IFL TV’ga bergan intervyusida.

Fikr bildirish