Futbol

Ertadan boshlab millionlab futbol muxlislarining diqqat markazida turgan nufuzli musobaqa – Evro-2020 bahslari start oladi.

268



Ertadan boshlab millionlab futbol muxlislarining diqqat markazida turgan nufuzli musobaqa - Evro-2020 bahslari start oladi.

Superliga va Pro-liga klublari matbuot kotiblari Evro-2020 haqida qanday fikrda?

Teglar : 
Evro-2020
Ertadan boshlab millionlab futbol muxlislarining diqqat markazida turgan nufuzli musobaqa – Evro-2020 bahslari start oladi.

Biz mazkur turnir oldidan chempionatimizda faoliyat olib borayotgan Superliga va Pro liga klublari matbuot kotiblarining fikrlari bilan qiziqdik. Ular turnirda qaysi terma jamoaga muxlislik qilishlari, kashfiyot jamoa haqida o’z mulohazalarini bildirishdi.

Komiljon Jumaev "Metallurg" matbuot kotibi: "Aniq bitta jamoaga muxlislik qilmayman. CHiroyli, aqlli va hujumkor futbol tomosha qilishni hoxlayman: Niderlandiyaning total futbolidan, Belgiya, Angliya, Franciyaning tajovuzkor o’yinidan, Italiyaning ishonchli himoyasi hamda nemis mashinasidan zavqlanaman. Eng asosiysi bir oy mazza qilib futbol ko’rishimiz kafolatlangan. To’g’risi so’nggi ikki yil Evropa futboliga ham jiddiy “shikast” etkazdi. Kashfiyot bo’ladigan yangi jamoa yo’q. Hammamizga tanish grand jamoalar asosiy rolda bo’ladi. Evro-2020 ning eng yaxshi o’yinchisi bo’lishga asosiy nomzod Kilian Mbappe nazarimda".

Ertadan boshlab millionlab futbol muxlislarining diqqat markazida turgan nufuzli musobaqa - Evro-2020 bahslari start oladi.

Akramjon Mamadaliev – "Qo’qon-1912" matbuot kotibi: "Avvalo men muxlislik qiladigan yagona terma jamoa – bu O’zbekiston terma jamoasi. Evropa chempionatida chiroyli futbolga muxlislik qilaman. Rossiya terma jamoasi qo’shnilarimiz bo’lganligi uchun biroz ularga simpatiyam bor. Lekin hozirgi Rossiya termasini uzoqqa borishiga uncha ishonmayman. Franciya terma jamoasining imkoniyatlari chempionlik uchun yuqori deb o’ylayman. Yana Portugaliya, Germaniya hamda De Bryunesi bor Belgiya terma jamoalaridan ham ko’p narsa kutyapman. Belgiya terma jamoasi  turnir kashfiyoti bo’lishi mumkin. Futbolchilardan esa kim kashfiyot bo’lishini oldindan aytish juda qiyin. Evroda ko’plab yosh iqtidorlar qatnashadi, albatta kimnidur omadi kelib yangi "yulduz" paydo bo’lishi mumkin".

Aziz Nuriy – "Qizilqum" matbuot kotibi: " – Ushbu chempionatda Ispaniyaga muxlislik qilaman. Kashfiyot jamoaga kelsak, Angliya terma jamoasi kutilmagan natijalarni taqdim etishi mumkin.

Ertadan boshlab millionlab futbol muxlislarining diqqat markazida turgan nufuzli musobaqa - Evro-2020 bahslari start oladi.

Behzod Nazarov – "Paxtakor" matbuot kotibi: "- Evropa chempionatida Italiya terma jamoasiga muxlislik qilaman.Turnir kashfiyoti o’rtamiyona yoki kuchsizroq biror terma jamoa bo’lishi mumkin. Kuchli beshlik yoki shunga yaqin saviyadagi biror jamoaning chempion bo’lishi kutilmagan holat bo’lmaydi. Balki, Daniya, Ukraina yoki Turkiya kutilganidan ko’ra uzoqroq bosqichga etib borishi mumkin. Lekin har bir o’yin yoki musobaqa boshlanishidan avval imkoniyatlar barchada bir xil bo’ladi. Qisqa muddatli turnirlarda kutilmagan jamoalarning ijobiy natija qayd etish imkoniyati ancha oshadi. Futbolchilardan esa baribir yulduzlar o’zlarini ko’rsatsa kerak. Deyarli barcha terma jamoalarda xalqaro o’yinlar tajribasiga ega futbolchilar ko’p".

Ertadan boshlab millionlab futbol muxlislarining diqqat markazida turgan nufuzli musobaqa - Evro-2020 bahslari start oladi.

Sohib Egamov, "Bunyodkor" matbuot xizmati: "O’zim Ispaniya terma jamoasi muxlisiman va mazkur chempionatda bu termaning o’yinlarini katta qiziqish bilan kuzatib boraman. Kashfiyot jamoa sifatida Turkiya termasini ko’rsatgan bo’lardim, ular ushbu chempionatda kutilmagan natijalarni taqdim etishlariga ishonayapman."

Ertadan boshlab millionlab futbol muxlislarining diqqat markazida turgan nufuzli musobaqa - Evro-2020 bahslari start oladi.


SHaxboz Beg’amov –
AGMK matbuot kotibi: "EVRO-2020da Germaniyaga muxlislik qilaman. Kashfiyot Xorvatiya futbolchisi, murabbiy ishonch bildirsa Mislav Orshich bo’lishi mumkin. Kashfiyot jamoaga kelsak, Rossiya termasidan ko’p narsa kutayapman.

Ertadan boshlab millionlab futbol muxlislarining diqqat markazida turgan nufuzli musobaqa - Evro-2020 bahslari start oladi.

Ulug’bek Umarov – "Navbahor" matbuot kotibi: " – Evropa chempionatida Portugaliya terma jamoasiga muxlislik qilaman. Evro-2020da Ukraina va Uels terma jamoalari turnir kashfiyotiga aylansa kerak. Musobaqa kashfiyoti bo’lishga nomzod futbolchilar ko’p. Ulardan birortasini ajratib ko’rsatish qiyin. Angliya hamda Ukraina terma jamoasi azolari orasidan turnir kashfiyotlari chiqishi ham ehtimoldan xoli emas".

Ertadan boshlab millionlab futbol muxlislarining diqqat markazida turgan nufuzli musobaqa - Evro-2020 bahslari start oladi.


Bunyod Andaev, "Mashal" matbuot kotibi:
"Ushbu chempionatda Turkiya termasiga muxlislik qilaman. SHuningdek, Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski musobaqaning yorqin futbolchisi bo’lishini kutayapman.

Ertadan boshlab millionlab futbol muxlislarining diqqat markazida turgan nufuzli musobaqa - Evro-2020 bahslari start oladi.

Bekzod Tolibov – "Turon" matbuot kotibi: "To’rt yillikning nufuzli chempionatlaridan biri hisoblanadigan EVRO-2020da Angliya va Belgiya terma jamoalariga muxlislik qilaman. SHuningdek, Franciya va Germaniya terma jamoalari ham turnir favoritlaridan hisoblanishadi. Kashfiyot jamoa Ukraina termasi bo’lishi mumkin."

Ertadan boshlab millionlab futbol muxlislarining diqqat markazida turgan nufuzli musobaqa - Evro-2020 bahslari start oladi.

Elyor Uzakov – "Surxon" matbuot kotibi: "EVRO-2020da Franciya terma jamoasiga muxlislik qilaman. SHuningdek Kilian Mbappe musobaqaning kashfiyot futbolchisi bo’lsa kerak."

Ertadan boshlab millionlab futbol muxlislarining diqqat markazida turgan nufuzli musobaqa - Evro-2020 bahslari start oladi.

Sardor Nurov – "Nasaf" matbuot kotibi: "Evropa chempionatini ko’pchilik katta qiziqish bilan kutmoqda. Fikrimcha, bu turnirda Gollandiya va Franciya terma jamoalari favorit. Kashfiyot jamoa haqida oldindan aytish qiyin.

Ertadan boshlab millionlab futbol muxlislarining diqqat markazida turgan nufuzli musobaqa - Evro-2020 bahslari start oladi.

Oybek Saparboev, "So’g’diyona" matbuot kotibi: "Mazkur musobaqada Franciya terma jamoasini favorit deb hisoblayman va muxlislik qilaman. Kashfiyot futbolchi Klian Mbappe bo’ladi deb o’ylayman."

Ertadan boshlab millionlab futbol muxlislarining diqqat markazida turgan nufuzli musobaqa - Evro-2020 bahslari start oladi.


Sardor Komilov, "Andijon" matbuot kotibi:
“Evropa chempionatida Turkiya va Rossiya terma jamoalariga muxlislik qilaman. Kashfiyot futbolchilar sifatida Foden va ancha muddatdan so’ng Franciya terma jamoasi safiga qaytgan Karim Benzemadan yorqin o’yinlar kutayapman.”

Ertadan boshlab millionlab futbol muxlislarining diqqat markazida turgan nufuzli musobaqa - Evro-2020 bahslari start oladi.

Mirjalol Normatov: "Lokomotiv" matbuot xizmati: "EVRO-2020da Angliya termasiga muxlislik qilaman. Bunga bolaligimdan ingliz futboliga oshiqligim sabab. Bu Evropa chempionatida SHveciya termasidan ko’proq narsa kutyapman. Garchi tarkib unchalik yuqori darajada bo’lmasa-da, jamoaviy o’yin raqobatbardosh darajada. Markus Reshford turnirning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo’lishiga ishonaman. Ushbu mavsumda jarohati sababli ko’plab o’yinlarda to’liq o’ynay olmadi. U bor kuchini Evropa chempionatiga asrab qo’ygan deb o’ylayman".

Ertadan boshlab millionlab futbol muxlislarining diqqat markazida turgan nufuzli musobaqa - Evro-2020 bahslari start oladi.

Pro-liga

Bahodir Ergashev – "Neftchi" matbuot kotibi: "EVRO-2020"da Belgiya termasi eng kuchli tarkibga ega jamoalardan biri. Ular bu musobaqada favorit. Kashfiyot sifatida Finlandiya terma jamoasini ko’rsatishim mumkin."

Ertadan boshlab millionlab futbol muxlislarining diqqat markazida turgan nufuzli musobaqa - Evro-2020 bahslari start oladi.

Usmon Ibodov, "Dinamo" matbuot kotibi: "- Angliya milliy jamoasiga muxlislik qilaman. SHuningdek, o’zim ishqibozlik qiladigan «Manchester Yunayted» klubi futbolchilarining milliy jamoalardagi o’yinlarini alohida kuzatib boraman. Turnir kashfiyoti haqida gap borarkan, bu favorit yoki yulduz o’yinchi emas, ko’pchilik kutmagan jamoa va futbolchi bo’ladi. Fikrimcha, yaxshi avlodga ega Turkiya milliy jamoasi kashfiyot bo’lishga qodir. SHenol Gunesh 2002 yilda Turkiyaga jahon chempionati bronza medallarini olib bergandi. Hozirgi tarkibi bilan ham Evro-2020da yaxshi natija ko’rsatish imkoniyatiga ega. Har holda saralash bosqichida turklar amaldagi jahon chempioni Franciyadan ikki o’yinda ham ochko olishdi. Bu bejizga emasligini ular isbotlay olishlari mumkin. Kashfiyot o’yinchi ham Turkiya yoki SHotlandiya milliy jamoasi safidan chiqishini kutayapman.

Ertadan boshlab millionlab futbol muxlislarining diqqat markazida turgan nufuzli musobaqa - Evro-2020 bahslari start oladi.

Nasiba Xoliqova, "SHo’rtan" matbuot kotibasi: Germaniya terma jamoasi avvaldan kutilmagan natijalarni taqdim etib ketgan. EVRO-2020da Germaniya termasiga muxlislik qilaman. Belgiya terma jamoasini esa musobaqa kashfiyoti sifatida ko’rsatishim mumkin.

Ertadan boshlab millionlab futbol muxlislarining diqqat markazida turgan nufuzli musobaqa - Evro-2020 bahslari start oladi.

Aybek Aknazarov – "Aral Samali" matbuot kotibi: "CHempionatda Rossiya va Belgiya terma jamoalariga muxlislik qilaman. Kashfiyot sifatida ham Belgiyani, shuningdek Ukraina termalarini ko’rsatgan bo’lardim".

Ertadan boshlab millionlab futbol muxlislarining diqqat markazida turgan nufuzli musobaqa - Evro-2020 bahslari start oladi.

Oybek Jumanazarov – "Buxoro" matbuot kotibi: "Evropa chempionatida Germaniya terma jamoasiga muxlislik qilaman. Ularning o’yin uslubi va muxlisbob futbol namoyish etishlari menga yoqadi. Menimcha, bu chempionatda asosiy favorit bu Germaniya. Tarkibdagi yosh yulduzlar Sane, Kimmix, Goreckalar bor, ularning har biri Evropa chempionatida hal qiluvchi rol o’ynashi mumkin. Terma jamoani 15 yildan beri boshqarib kelayotgan Yoaxim Lyov Evropa chempionatidan keyin faoliyatini tugatishi haqida elon qildi, ammo bu jamoaning faoliyatiga salbiy tasir ko’rsatmaydi deb o’ylayman. Germaniyalik futbolchilar professionallar, ular bundan keyin nima bo’lishini o’ylamaydilar, balki shu erda va hozirning o’zida o’zlarini ko’rsatishga harakat qilishadi. Aksincha, ehtimol Lyovning ketishi ijobiy tasir ko’rsatishi ham mumkin, bu futbolchilar uchun balki toza havo oqimiga aylanishi mumkin. Daniya terma jamoasini Evro-2020 kashfiyoti bo’lishi mumkin. Ularda kuchli tarkib yig’ilgan. O’yin davomida raqib jamoaga kuchli pressing ko’rsata oladi. Bu borada yuqori salohiyatga ega. FIFAning amaldagi reytingidagi 10-o’rin mutlaqo haqli. Daniya, albatta favorit emas, lekin juda xavfli. Ko’pchilikka bosh og’rig’i bo’lishi tayin."

Ertadan boshlab millionlab futbol muxlislarining diqqat markazida turgan nufuzli musobaqa - Evro-2020 bahslari start oladi.

Xursandbek Matkarimov, "Xorazm" matbuot kotibi: "Ushbu chempionatda Franciya termasiga muxlislik qilaman. Kashfiyot futbolchi sifatida Fil Fodenni aytish mumkin, bu futbolchidan ko’p narsa kutayapman". 

Ertadan boshlab millionlab futbol muxlislarining diqqat markazida turgan nufuzli musobaqa - Evro-2020 bahslari start oladi.

Nig’monxo’ja Nozimov – "Olimpik" matbuot kotibi: "Evropa chempionatida Angliyaga muxlislik qilishda davom etaman. Hozir ushbu terma tarkibi yosh futbolchilardan iborat va ularni favorit deb hisoblayman. Albatta Gvardiola boshchiligidagi "Manchestr Siti" tarkibida o’zini ko’rsatgan Foden inglizlarning etakchisi bo’lishiga ishonaman." 

Bekzod Tolibov tayyorladi

Fikr bildirish