Gruziyalik UFC jangchisi Iliya Topuriya vazn bilan bog’liq sabab tufayli ertaga oktagonga chiqa olmaydi. SHifokorlar tavsiyasi bilan Topuriya jangdan “olindi”. U meyoridan ko’p vazn tashlaganidan so’ng sog’lig’ida muammoga duch kelgan.
Malumot uchun, Iliya Topuriya UFC 270 turnirida kanadalik SHarl Jordenga qarshi oktagonga chiqishi lozim edi. Aslida uning raqibi rossiyalik Movsar Evloev bo’lishi kerak edi, lekin Movsarda koronavirus aniqlanganidan so’ng Topuriyaning raqibi o’zgargandi.
Iliya Topuriya MMAda 11 ta jang o’tkazib, barchasida g’alaba qozongan. Oxirgi jangini o’tgan yilning 10 iyul kuni Rayan Xollga qarshi o’tkazib, raqibini birinchi raundning to’rtinchi daqiqasida nokautga uchratgan edi.