Boks/MMA

Ertaga tongda CHarlz Oliveyra Jastin Getjiga qarshi jang qiladi.

433

CHarlz Oliveyra — engil vaznda UFC chempioni, u 8 may, yakshanba tongida Jastin Getjiga qarshi jang qiladi. Oliveyra anchadan buyon yuqori darajada jang qilib keladi, u 2010 yildan buyon UFC promousheni ostida ishtirok etib kelmoqda. Biroq uning ko’rish qobiliyati juda past — u atigi 50 % miqdordagina ko’ra oladi. Oktagondan tashqarida CHarlz deyarli doimo ko’zoynak taqib yuradi, dekabr oyidagi Pore bilan jangdan so’ng esa muxlislar uning ko’zoynagini o’g’irlashga harakat qilishdi…

Oliveyra jang qilganida raqibi unga go’yoki uch nafardek ko’rinadi. U g’alabalarni Xudoning o’zi etkazishiga ishonadi

UFCda “zreniya”si chatoqlardan yana biri bu — Maykl Bisping edi. U bir ko’zi ko’rolmasada, o’rta vazn chempioni bo’la olgan… Mayklning ko’rish qobiliyati Vitor Belforddan uchralgan nokautdan so’ng pasayib ketdi, shundan so’ng, u ko’ziga protez qo’ydirishga majbur bo’ldi.

Bisping UFCda jang qilish uchun ko’p yillar davomida tibbiy nazoratni aldab kelgan. Nazorat paytida shifokorlar bergan testni ko’rib, javoblarni yodlab olgan. Ko’rish darajasini tekshirish paytida esa do’stlari unga maxsus belgilarni topishda yordam berardi (Bispingga biror belgini bildirish uchun uning do’sti yo’talishi yoki esnashi lozim edi).

Oliveyraning vaziyati esa bir muncha yaxshiroq: uning ikki ko’zi ham ko’ra oladi, shifokorga yolg’on gapirib o’tirishiga hojat yo’q, lekin oktagonda u ham muammoga duch keladi. Bisping chapdan yo’llanadigan zarbalarni ko’rmasdi (uning o’ng ko’zini yo’q desa ham bo’ladi), Oliveyraga esa raqibi xuddi uch kishidek ko’rinadi. SHunga qaramasdan, CHarlz janglarda stabil ravishda g’olib bo’lib kelmoqda — u UFCda ketma-ket 10 bor g’alaba qozonishga va chempionlik kamarini himoya qilishga ham ulgurdi.


“Odatda uchta boshni ko’raman. Agar o’rtaga tushib olsam, demak, hammasi yaxshi bo’ladi. Bundan keyin ham shu taktikaga amal qilishni rejelashtiryapman”, – deya hazil qiladi braziliyalik MMAchi.

CHarlzning o’ylashicha, Xudo unga oktagonda raqibini ko’rishiga yordam beradi. CHunki u kundalik hayotida bundanda kattaroq mummolarni boshdan kechirgan. Bazan CHarlz ko’zoynaksiz chiqib ketadi, ammo hech narsani ko’rolmaydi:

“Hammasi kayfiyatimga bog’liq. Hozirgi ko’rinishimga qaraganda biroz “botanikroq” bo’lishni istayman. “Zreniyamning” pastligi hech qachon jangda halaqit bermagan. Lekin agar ko’chada ko’zoynagimni echsam, deyarli ko’r bo’lib qolaman”.

Ertaga tongda CHarlz Oliveyra Jastin Getjiga qarshi jang qiladi.

Oliveyraning sabrli ekanligiga ajablanmasa ham bo’ladi — bolaligida u yanada kattaroq sinovlardan o’tgan. CHarlz 7 yoshligida uning to’piqlarida revmatoid artridi aniqlanadi. SHundan so’ng, u ikki yil umrini shifohonada o’tkazishga majbur bo’ladi. SHifokorlar bolakay nogiron bo’lib qoladi, ortiq yura olmaydi, deb o’ylashadi. Lekin CHarlz nafaqat oyoqqa turdi, balki etuk jangchi bo’lib etishdi.

Getjining ham ko’rish qobiliyati bir paytlar sust bo’lgan: u raqibini qo’llari bilan paypaslab topib olgan(!). Ammo operaciyadan so’ng Jastin hatto mimikalarni ham ilg’ay oladigan bo’ldi

Getji UFCda debyut qilguniga qadar instikt bilan yani sezgilariga tayangan holda jang qilib kelardi. Jastinning ko’zlari bir-biridan farq qilardi: biri 20/60 darajada, yana biri esa 20/200 darajada ko’rar edi. U oktagonda raqiblarini yaxshi ko’ra olmas edi, zarbalarga tasodifan to’siq qo’yar edi.

“Ko’rish qobiliyatim dahshatli darajada edi. Men amalda ko’r edim. Bir ko’zim yaqin, yana biri uzoq masofani ko’rar edi. Raqiblarimni ko’rolmas edim — ular ayniqsa zarbalardan so’ng xiralashib ketar edi. Zarbalarga tasodifan blok qo’yardim”, – deya tan oladi Jastin.

Ertaga tongda CHarlz Oliveyra Jastin Getjiga qarshi jang qiladi.

Getji ko’zlarini operaciya qildirishni istamagan, u operaciyadan so’ng ko’zlari yanada yomon holatga kelib qolishidan qo’rqardi. Jastinning takidlashicha, ko’rish qobiliyatining sustligi uning his-tuyg’u, sezgilarining rivojlanishiga yordam bergan. Lekin Getji bilan birga mashg’ulot olib borgan UFC sobiq jangchisi Den Xardining eslashicha, operaciyagacha Jastin nishonga (lapa) zarba berishda qiynalgan:

“Jin ursin, Getji qaerga urish kerakligini bilish uchun, raqibiga teginib ko’rishi kerak edi. U hech narsani ko’ra olmasdi. Unga faqatgina operaciya yordam bera oldi — do’stlar, Jastin nafaqat raqibini, balki boshqa mayda detallarni ham ilg’ay oladi. Misol uchun, ajin bosgan peshonani”.

Garchi bazi-bazida ko’zoynak taqsada, Getji operaciyadan so’ng yaxshiroq ko’ra boshladi:

“Ko’rish qobiliyatim ancha yaxshilandi. Ko’zoynaklarni ham taqaveraman, lekin endi yaxshiroq ko’ryapman. Men linzalarni afzal ko’rardim, ammo doktor menga ularning keraksiz ekanligini aytdi. Do’stlarim “zreniyam” tufayli meni masxara qiladi, keyin esa boshlariga musht tushadi, ha-ha”.

Ertaga tongda CHarlz Oliveyra Jastin Getjiga qarshi jang qiladi.

Ertaga Oliveyra Getji bilan jang qiladi. Bu jang CHarlz uchun qiyin o’tishi kutilyapti, sababi Jastin — og’ir zarbalari bilan nokaut qila oladi. Bundan tashqari, uning ko’rish qobiliyati CHarlznikidan bir muncha yaxshiroq. Xo’sh, bu jihatlar amerikalik jangchiga yordam bera olarmikan, buni ertaga tongda, UFC 274da bilib olamiz.

P.S. Maqola yozilayotganda CHarlz Oliveyra o’z vaznida chempion edi, ammo kechagi voqealar sabab, endi u Getjiga qarshi hech qanday kamarni himoya qila olmaydi, agar jangda g’alaba qozonsa ham kamar vakant bo’lib qoladi.

Xorijiy sayt asosida Diyor Mavlonov tayyorladi

Fikr bildirish