Futbol

Fatining jahli chiqdi

324

«Barselona» hujumchisi Ansu Fati klub shifokorlaridan norozi, deb xabar beradi Ispaniyaning Sport nashri.

Manbaga ko‘ra, Fati shifokorlar unga son sonini operasiya qilishni maslahat berganidan hafsalasi pir bo‘lgan.

Hujumchi «Barsa»ning asosiy jamoasidagi debyutini o‘tkazganidan beri to‘rtta marta operasiya stoliga yotishga majbur bo‘ldi. Shu sabab unga yana operasiya haqida o‘ylash yoqmayapti va uning o‘rniga konservativ tiklanish variantini tanladi. Hozirda futbolchi asosiy etiborini fizioterapiyaga qaratgan.

Fati allaqachon jamoaning umumiy guruhiga qaytgan, ammo klub hali ham tavakkal qilib, o‘yinchini maydonga tushurishni istamayapti.

Fikr bildirish