«Manchester Yunayted»ning afsonaviy bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyuson o‘zining sevimli futbolchisi kim ekanligini aytdi.
Shotlandiyalik murabbiy Krishtianu Ronaldu yoki chempionlikda birga bo‘lgan boshqa mashhur shogirdlari emas, balki 1990-2002 yillarda «mankunianlar» safida to‘p tepgan himoyachi Denis Irvinni alohida ta’kidlab, jamoatchilikni hayratda qoldirdi.
«To‘g‘risini aytsam, Irvin har doim mening jamoamdan joy oladigan yagona o‘yinchi bo‘lar edi. U ajoyib futbolchi, himoya chizig‘ining yengilmas qo‘rg‘onlaridan biri edi.
U kamdan-kam xato qilgan», – deya Fergyusonning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Italiyaning Tuttosport nashri.
Eslatib o‘tamiz, Irvin «Manchester Yunayted» safida 529 ta o‘yin o‘tkazib, 33 ta gol urgan.