FIFA rasmiy sayti xabariga ko’ra, CHili futbol associaciyasi FIFA tartib-intizom qo’mitasiga shikoyat arizasi bilan murojaat qilib, unda Kastiloga Ekvador fuqaroligini berish bo’yicha hujjatlarning soxtalashtirilgani bo’yicha bir qator ayblovlarni ilgari surgan.
CHililiklar Ekvador terma jamoasi himoyachisi ishtirok etgan JCH-2022 saralash bosqichidagi barcha sakkizta o’yinda texnik mag’lubiyat qayd etilishini talab qilmoqda.
Tergovning borishi haqida batafsil malumot yaqin vaqtlarda taqdim etiladi.
Ekvador terma jamoasi 26 ochko jamg’arib, turnirga to’g’ridan-to’g’ri yo’llanma beruvchi jahon chempionati saralash turniri turnir jadvalida to’rtinchi o’rinni egalladi. CHili terma jamoasi esa 19 ochko bilan 7-o’rinda bormoqda.