Teglar :
O’zbekiston U-23Timur Kapadze
FIFA kunlari boshlangach bor etibor yig’in olib borayotgan terma jamoalarga qaratiladi.
O’zbekiston U-23 terma jamoasi 18 mart kunidan boshlab navbatdagi yig’inga kirishdi. Vakillarimiz 22 martga qadar Toshkentda shug’ullanishadi va BAAga yo’l olishadi.
Boshlangan yig’in, tarkibga chaqirilgan futbolchilar va boshqa mavzu yuzasidan bosh murabbiy Timur Kapadzega yuzlandik. Dastlab esa yig’in haqidagi fikrlarini tingladik.
– 18 martdan yig’inga kirishdik. "Dubai Cup" biz uchun juda yaxshi turnir. Musobaqada bir-biriga munosib jamoalar qatnashadi. Saudiya Arabistoni, BAA va uchinchi raqib keyin ikkita bahsga qarab malum bo’ladi. Saudiya Arabistoni bilan oxirgi marotaba Toshkentdagi Osiyo chempionati saralashida to’qnash kelganmiz. Tayyorgarligimiz ko’ngildagidek ketmoqda. Ro’yxatdagilarning barchasi sog’-salomat. Bizni tashvishlantirayotgan jihatlar yo’q.
– Bu safargi yig’inga legionerlardan Jasur Jaloliddinov, Ibrohimhalil Yo’ldoshev chaqirilganini ko’rishimiz mumkin. Ibrohimhalil yaxshi formada ekanligi malum. Lekin Jasurda "Qayrat"ga moslashish jarayoni ketmoqda. Bu borada uning chaqirilishi to’g’rimidi?
– To’g’ri. Jasur endi endi o’yin amaliyotiga ega bo’lmoqda. Uni juda yaxshi bilamiz. Jismoniy holati yaxshi ekanligi ko’rinib turibdi. O’zi bilan ham gaplashdik. Barchasi professional darajada. Qurbon Berdiev bunga juda jiddiy qaraydi. Ibrohimhalil qolaversa Husayin Norchaev, Xojimat Erkinov borasida milliy terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanec bilan gaplashdim. Buni muhokama qildik. Katanec yuqoridagi futbolchilarni yaxshi bilishini va terma jamoaga chaqiraverishimni aytdi. Ularning o’rnida boshqa futbolchilarni ko’rmoqchi ekan. SHunday vaziyat yuz berganidan xursandmiz. Bu barchamiz uchun foydali. Yaxshi futbolchilar chiqib kelyapti. Ularni kuzatyapmiz.
– "Olimpik" klubi azolarining ruhiyati hozirda qanday? CHunki jamoa Superligada hali g’alaba qozongani yo’q. Ikkita durang va mag’lubiyat qayd etildi…
– Men bundan xavotirda emasman. Futbolchilar katta o’yinlarda tajriba to’plashmoqda. G’alabalar ham keladi. Uchta o’yinda g’alabaga yaqin edik. Boz ustiga 90 foiz futbolchilarim Superligada debyut qildi. O’yindan o’yinga yanada kuchayib boramiz. Kuchli jamoalar bilan o’yinlarda kamchiliklarimiz ko’rinmoqda. Bizga shu kerak. O’zlariga bo’lgan ishonch ortyapti.
– Tarkibda jarohatlanganlar yo’qmi? Deylik Behzod SHamsiev hali to’liq safga qaytmagan…
– Mazkur tomondan muammo yo’q. SHamsiev umumiy guruhga qaytib shug’ullanyapti. Uning salohiyatini bilamiz. Har bir futbolchi o’zini ko’rsatyapti.
– Superliganing dastlabki 3ta turidan qanday taassurotlar qoldi? Sizni ajablantirgan jihatlar bo’ldimi? Misol uchun ko’p jamoalarda uslublar o’zgarmoqda…
– Birinchi turda "Surxon" bilan o’ynadik.Ispaniyalik murabbiylar odatda pas bilan kombinacion uslubni tadbiq qilishadi. Lekin kuchga asoslangan futbol o’ynashmoqda. Bu ham bir taktika. Demak murabbiyning qarashi shunday. Biz uchun qiziq bo’ldi. Ajablantirgan jihat ko’zga tashlanmadi. Jamoalarimiz ko’proq pas orqali kombinacion o’ynashlarini istardim. Jamoalarda kuchli futbolchilar bor. Ular bunday o’ynashni bilishadi.
Muallif : Iskandarov Abdulaziz
Ushbu saytda barcha materiallar ochiq manbalardan olinadi - Internetdagi materiallarga qayta ulanish yoki saytga tashrif buyuruvchilar tomonidan yuboriladi va faqat axborot maqsadida beriladi.
Materiallarga bo'lgan huquqlar tegishli egalariga tegishlidir. Sayt ma'muriyati materialning mazmuni uchun javobgar emas.
Mualliflik huquqi © Barcha huquqlar himoyalangan.