Bosh sahifaFutbolFIFA kunlaridagi tanaffusdan foydalanib siz azizlarni zeriktirib qo’ymaslik maqsadida fotoarxiv rukunidan bir qator qiziqarli suratlarni etiboringizga havola qilamiz.
FIFA kunlaridagi tanaffusdan foydalanib siz azizlarni zeriktirib qo’ymaslik maqsadida fotoarxiv rukunidan bir qator qiziqarli suratlarni etiboringizga havola qilamiz.
FOTOARXIV. Tojiev va Puyol, futzal terma jamoamizning braziliyalik murabbiyi, “Neftchi” – 2008
Teglar : Kenja To’raevFOTOARXIV
FIFA kunlaridagi tanaffusdan foydalanib siz azizlarni zeriktirib qo’ymaslik maqsadida fotoarxiv rukunidan bir qator qiziqarli suratlarni etiboringizga havola qilamiz.
2016 yilgi OCHL guruh bosqichidan o’rin olgan "Paxtakor" – "Al Jazira" (3:0) uchrashuvi. "Paxtakor"ning zaxira o’rindig’i. Ular orasidan Ibrohim Abdullaev hozir katta futbolda emas.
"Nasaf"ning bugungi kundagi birinchi raqamli darvozaboni Umidjon Ergashev 2017 yil o’rinbosarlar tarkibida.
Futboldagi faoliyatini 2006 yil "Quruvchi" (hozirgi "Bunyodkor") jamoasida boshlagan, keyinchalik "So’g’diyona" sharafini bir necha yillar himoya qilgan darvozabon Mixail Spiridonov.
2011 yilgi Osiyo kubogida O’zbekiston terma jamoasiga gol urgan Devid Karni 2012 yil "Bunyodkor" futbolchisi sifatida tanishtirilmoqda. U "qaldirg’ochlar" safida 13ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Jasur Abduraimov boshchiligidagi kichik "Paxtakor"chilar. Kimlarni tanidingiz?
2017 yilning ikkinchi davrasidan o’rin olgan "Paxtakor" – AGMK o’yini. Karles Puyol Kamoliddin Tojiev bilan so’rashmoqda.
Katta futbolga porlab kirgan, biroq jarohatlar sabab faoliyati ko’ngildagidek kechmagan Kenja To’raev "Mashal" libosida.
"Neftchi" – 2008. Maksim Usmonov, G’ayrat Hasanov…
Bugungi kunda "So’g’diyona" azosi hisoblangan Javohir Qahramonov "Obod" libosida to’p bilan birga, 2016 yil.
Jasur Jaloliddinov OCHL chorak final javob uchrashuvi doirasidagi "Lokomotiv" – "Al Hilol" bahsida.
Eldor Isaboev 2015 yil "Andijon" jamoasida.
2009 yil Ahmad Ubaydullaev boshchiligidagi O’zbekiston yoshlar terma jamoasi guruh bosqichi uchinchi turida Angliyaga qarshi. Uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan. Keyinchalik bular 2010 yil yana to’qnash kelishdi.
O’zbekiston futzal terma jamoasini boshqargan braziliyalik murabbiy Serxio Sapo
SHackix, Baqoev, Karpenko O’zbekiston terma jamoasidagi so’nggi xayrlashuv uchrashuvida.