Futbol

“FiveThirtyEight” nashri joriy mavsum YECHLda g‘alaba qozonadigan jamoani taxmin qildi

196

Amerikaning FiveThirtyEight statistik portali Chempionlar ligasining pley-off bosqichi boshlanishi arafasida turnir g‘olibligi uchun favoritlar reytingini taqdim etdi.

Mutaxassislar o‘tgan yilgi finalchining boshqa jamoalar ustidan g‘alaba qozonish ehtimolini yuqori baholab, “Manchester Siti”ni bosh sovrin uchun asosiy da’vogar deb atadi. Kuchli uchlikka “Bavariya” va “Liverpul” kiritdi.

Amaldagi g‘olib “Chelsi” atigi beshinchi o‘rinni egallashi taxmin qilingan. 15-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan “Real” va “PSJ” kuchli beshlikka kiritilmadi.

Fikr bildirish