Futbol

FOTO Mirabror Usmonovning yorqin xotirasiga bag’ishlanadi

339

Mirabror Zufarovich Usmonov – 1947 yilning 4 iyul sanasida Toshkent shahrida tug’ilgan. Samarqand kooperativ institutini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi. 

Vikipediyadagi malumotlarga tayanadigan bo’lsak, 1961-1967 yillar davomida Toshkentdagi “Bahor” restoranida oshpaz, 1970 yilda “Guliston” restoranida ishlab chiqarish bo’yicha boshliq lavozimida faoliyat yuritgan. 

1970-1986 yillarda “Do’stlik” va “Zarafshon” restoranlari direktori, Toshkent restoranlari tresti direktori, 1986-1990 yillar oralig’ida Toshkent shahri umumiy ovqatlanish ijroqo’mi boshlig’i bo’lib ishlagan. 

1990-1992 yillarda O’zbekiston Respublikasi savdo vaziri, 1992-1994 yillarda esa “O’zbeksavdo” kompaniyasi raisi lavozimida faoliyat olib borgan. 

Qayd etish lozimki, Mirabror Usmonov davrida o’zbek sporti infratuzilmasi sezilarli ravishda o’sishga erishdi. 

Mirabror Zufarovich umri davomida bir nechta sport inshootlari qurilishi, jumladan “O’zbekiston” sport majmuasi, Suv sport saroyi, Gimnastika majmuasi, Milliy olimpiya qo’mitasi binosi, Farg’onadagi “Istiqlol” stadioni, Nukusdagi “Turon” stadioni, Buxorodagi “Buxoro” stadioni qurilishida jonbozlik ko’rsatgan. Bugungi kunda oddiygina stadionlar maysasini yangilash masalalari qay darajada qiyin ekanligini ko’rar ekanmiz, yuqoridagi sport inshootlarining barpo etilishi u kishining o’zbek sporti rivojiga qay darajada hissa qo’shganligini isbotlab turibdi. 

SHuningdek, Mirabror Usmonov MOQ prezidenti bo’lgan davrda O’zbekiston uchun Olimpiya o’yinlari tarixidagi rekord natija qayd etilgan. Sportchilarimiz Rio Olimpiadasida 13 ta medal qo’lga kiritib, umumjamoa hisobida 21-o’rinni egallagani ham Usmonov boshlab bergan islohotlarning mevasidir! 

Bundan tashqari, Mirabror Usmonov davrida o’zbek klublari Osiyo chempionlar ligasi uchun 4 ta kvotaga ega bo’lishdi. Jamoalarimiz OCHLning yarim final bosqichiga qadar etib bordi. 

Usmonov hayotda ham oliyjanob inson edi. Insonlarga hamisha qo’lidan kelganicha yordam bergan. Bu haqda ortiq gapirmasa ham, ko’pchilik biladi.  

2010 yil Toshkentda bo’lib o’tgan o’smirlar o’rtasidagi Osiyo chempionati finalidan so’ng

FOTO  Mirabror Usmonovning yorqin xotirasiga bag'ishlanadi

Osiyo Olimpiya Kengashi prezidenti Al Sabax poytaxtimizda

FOTO  Mirabror Usmonovning yorqin xotirasiga bag'ishlanadi

Xalqaro Olimpiya qo’mitasi prezidenti Tomas Bax bilan

FOTO  Mirabror Usmonovning yorqin xotirasiga bag'ishlanadi

“Paxtakor” stadioni rekonstrukciyasi oldidan

FOTO  Mirabror Usmonovning yorqin xotirasiga bag'ishlanadi

Stadionning “VIP” lojasi bitgandan so’ng

FOTO  Mirabror Usmonovning yorqin xotirasiga bag'ishlanadi

O’zbekiston FIFAning “Feyr Pley” (“Halol o’yin”) sovrinini ham aynan Mirabror Usmonov davrida qo’lga kiritgan

FOTO  Mirabror Usmonovning yorqin xotirasiga bag'ishlanadi

“Bunyodkor” (hozirda “Milliy”) stadioni qurilishi chog’ida Zepp Blatter bilan birga

FOTO  Mirabror Usmonovning yorqin xotirasiga bag'ishlanadi

Sportchilarimiz (Bektemir Meliqo’ziev)ni taqdirlash jarayonida

FOTO  Mirabror Usmonovning yorqin xotirasiga bag'ishlanadi

Jahon futboli yulduzi Krishtianu Ronaldu yurtimizda

FOTO  Mirabror Usmonovning yorqin xotirasiga bag'ishlanadi

XOQ rahbari Tomas Bax bilan birga

FOTO  Mirabror Usmonovning yorqin xotirasiga bag'ishlanadi

Bu suratga ortiqcha izoh shart bo’lmasa kerak

FOTO  Mirabror Usmonovning yorqin xotirasiga bag'ishlanadi

Oxiratingiz obod bo’lsin!

Fikr bildirish