"Rossonerilar" chuqur inqiroz davrida A Seriyaning 10-jamoasiga aylangan paytlar ham bo’ldi (2014/15). O’shanda evrofutbolga befarq bo’lmagan har ishqiboz bu jamoaning katta g’alabalarini qo’msab yashadi. Istalgan raqibning tizzasiga qaltiroq kirgazadigan "qizil-qoralar"ni sog’inib yashadi.
Xo’sh, "Modalar shahri" o’zining buyuk g’alabalarga erishgan ajoyib avlodidan qachon ayrilgandi? Kafu, Maldini, Kaka, Pirlolar "rossoneri" lageridan turli yillarda ayrilgan. Biroq, 2012 yilning yozi "Milan" tarixidagi eng og’ir transfer oynasiga guvohlik qildi. Diqqat qiling, quyidagi futbolchilar bundan 9 yil oldin birvarakayiga Milanni tark etgan edi.
Zlatan Ibragimovich
Tiagu Silva
Jennaro Gattuzo
Klarens Zeedorf
Antonio Kassano
Mark van Bommel
Alessandro Nesta
Janluka Zambrotta
Filippo Inzagi
Tiagu Silva o’sha davrda dunyoning eng kuchli himoyachilari, Ibragimovich eng yaxshi forvardlar qatorida etirof qilinardi. Zeedorf, Inzagi, Nesta va Gattuzo esa hech qanday tarifga shart emas. Bunday katta nomlar ketganidan keyin "Milan" etakchisi sifatida Kevin-Princ Boateng, Jampaolo Paccini, Stefan El-SHaaravi va Mbaye Nyang singari futbolchilar namoyon bo’la boshladi. Ular orasidagi farq esa o’zingizga malum.